Rossiya qöşini 2 iyunga ötar keçasi Ukraina böylab ballistik va qanotli raketalar, şuningdek, dronlar bilan hujum uyuştirdi. Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari qömondonligi ma’lumotiga köra, Rossiya harbiylari turli tipdagi 656 ta dron (jumladan, imitator dronlar) va 73 raketa (şundan sakkiztasi «Tsirkon» rusumli giperztovuşli qanotli raketalar) qöllagan. «RBK-Ukraina» naşri qayd etişiça, bu RF qurolli kuçlari ilk bor bir hujumning özida bu qadar köp «Tsirkon» raketalarini işga solişi böldi. Ukraina tomoni hisobotiga köra, bunday raketalarning birortasini urib tuşirişga muvaffaq bölinmagan.

Zarbaning asosiy yönalişi Kiyev edi. Şuningdek, raketa va dronlar Dnipro, Xarkiv, Zaporijjya, Poltava oblastlari hamda boşqa regionlarga uçib kelgan.

Kiyev şahri meri Vitaliy Kliçko xabar berişiça, şaharda Rossiya zarbasi oqibatida olti kişi halok bölgan. Şahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkaçenko bergan sönggi ma’lumotlarda, 81 kişi yaralangani aytilgan. Şaharning turli rayonlarida uylar va ma’muriy binolar, jumladan, beşta tibbiy muassasa binosi şikastlangan.

Dniproda ikki qavatli va tört qavatli turar joy binolari vayron bölgan. Dnipropetrovsk oblasti rahbari Oleksandr Ganjaning ma’lumotiga köra, 16 kişi halok bölgan. Qurbonlarning uç nafari bolalar (ulardan biri, 3 yoşli bolaning jasadi tört qavatli uy xarobalari ostidan topilgan) va bir nafari zarbadan keyin çaqiruv böyiça yetib kelgan FVV xodimi. 42 kişi yaralangan, şundan 22 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Dnipro şahri meri Boris Filatovga köra, jami 50 ta binoga zarar yetgan, şundan yettitasi butkul vayron bölgan.

Qutqaruvçilar tört qavatli uy xarobalarida qidiruv işlarini davom ettirmoqda va yana bir neça kişining taqdiri noma’lumligiça qolmoqda.

«Ruslar Xarkivdagi energetikaga muhim infratuzilmalarga zarba berdi. Kiyev, Mikolayiv, Zaporijjya, Poltava, Sumi, Çernihiv va Xmelnitskaya oblastlari ham zarba ostida qoldi», – deb yozdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy öz telegram-kanalida.

«Rossiyadan keng kölamli hujumi va mutlaqo oçiq bayonot: agar Ukraina ballistika va boşqa raketa zarbalaridan himoyalanmasa, bu zarbalar davom etadi», – deya qayd etadi Zelenskiy. Ukraina prezidenti havo trevogasi signallarini e’tiborsiz qoldirmayotgani uçun mamlakat aholisiga alohida minnatdorçilik bildirdi.

Zelenskiy 29 maydan buyon ukrainlarni Rossiya tomonidan yopirilma zarba bölişi ehtimoli haqida ogohlantirib keladi. U 1 iyun kuni keçqurun bergan bayonotida ham uşbu ogohlantirişini takrorlagandi: «Yopirilma zarba bölişi mumkin. Ular şunga tayyorlanmoqda».