Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimlaridan qoçganini tasvirga olib, özi va boşqalar hayotiga xavf solib, maşina boşqargan yigitning videolari tarqaldi. Voqea yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi YHXB rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum bölişiça, videoda aks etgan holat şu yilning 23 mart kuni Nukus şahrida yuz bergan.

Davlat raqami 01 H 008533 bölgan Lacetti haydovçisi va uning şerigi Allayar Dösnazarov köçasida yuqorida tezlikda harakatlanib, YPX xodimlarining töxtaş işorasiga qaramay harakatni davom ettirgan. Beruniy köçasida esa svetoforning qizil çiroğida töxtamasdan qarama-qarşi yönalişda harakatni davom ettirgan.  

Mazkur holat yuzasidan Lacetti haydovçisiga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-, 194-moddalariga asosan bayonnoma rasmiylaştirilgan. Lacetti esa şu vaqtning özida vaqtinça jarima maydonçasiga qöyilgan.

Bundan oldin Qoraqalpoğistonda ösmir yigit YPX maşinalarining ustida sakragani aks etgan tasvirlar tarqalgandi.