Uşbu Nizom Toşkent şahrida qonunçilik buzilganligi uçun uşlangan transport vositalarini vaqtinça saqlab turiş joylariga olib keliş, joylaştiriş va saqlab turiş tartibini belgilaydi.
Nizomga köra, vakolatli davlat organi tomonidan transportni jarima maydonçasiga joylaştiriş töğrisida qaror qabul qilinganda, bu haqda «Jarima maydonçasi» moduli orqali tegişli davlat organlariga, şuningdek, xizmat körsatuvçi yuridik şaxslarga xabar yuboriladi.
Transportni boşqarişdan çetlatiş nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlarga tegişli transport faqat maxsus texnika vositalari (evakuator, manipulyator) yordamida jarima maydonçasiga olib borilişi mumkin.
Uşlangan transport vositasini uşlab turiş sabablari bartaraf etilgandan keyin jarima maydonçasidan olib çiqişga «Jarima maydonçasi» moduli orqali ruxsat beriladi.
Bunda transport vositasini jarima maydonçasidan çiqarib yuboriş böyiça ruxsatnoma faqat maʼmuriy işni körib çiquvçi organning mansabdor şaxslari tomonidan:
«Jarima maydonçasi» moduli orqali rasmiylaştiriladi;
QR-kod bilan tasdiqlanadi;
elektron tarzda transport vositasi haydovçisiga hamda saqlab turiş xizmatlarini körsatuvçi yuridik şaxsga «Jarima maydonçasi» moduli orqali 1 iş kunida yuboriladi;
haydovçining telefon raqamiga qisqa xabar (SMS) jönatiladi.
«Jarima maydonçasi» moduli orqali rasmiylaştirilmagan ruxsatnomalar asosida uşlangan transportni jarima maydonçasidan çiqarib yuboriş taqiqlanadi.








