Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, bugun, 2022 yil 25 mart kuni soat 14:42 da Samarqand-Kattaqörğon avtomobil yölining Past Darğom tumani “Paxtakor” MFY hududidan ötgan qismida ikkita maşina iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölib, ulardan biri yonib ketgan.

Fuqaro A.X.boşqaruvida bölgan Nexia-2 maşinasi şu yönalişda harakatlanib ketayotgan fuqaro Y.F. boşqaruvida bölgan Nexia-3 maşinasi bilan özaro töqnaşgan.

Oqibatda Nexia-2 maşinasida yonğin sodir bölgan. Şundan söng hodisa haqida Past Darğom tuman FVBga xabar berilgan. Voqea joyiga tuman FVB bölinmasi soat 14:57 da yetib borib, yonğin soat 15:20 da öçirilgan.

Qayd etilişiça, hodisada heç kim tan jarohati olmagan va vafot etmagan. Faqat Nexia-2 maşinasi yonib ketib, yaroqsiz holga kelgan. Hozirda tergovga qadar tekşiriş işlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyatida Damas va Jiguli maşinasi yonib ketgandi.