24 mart kuni birinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumiga start berildi. Kunning birinçi yarmida forumni prezident Şavkat Mirziyoyev oçib berdi.

“Bunday keng kölamli forumni Özbekistonda birinçi marta ötkazyapmiz. Nima uçun bu tadbirda şaxsan qatnaşyapman? Men prezident sifatida sizlarga kafolat beraman!

Bu yerda Özbekiston prezidenti jamoasi yiğilgan, hukumat vakillari, vazirlar, hokimlar kelişgan. Maqsadimiz – sizlarga barça şaroitni yaratib beriş. Özaro muloqot qilib, köp narsani özgartirib, qonunlarni mustahkamlab, korrupsiyaga qarşi qat’iy kuraşib, sizlar bilan manfaatli hamkorlikni yölga qöyamiz.

Albatta, kamçiliklarimiz köp. Lekin biz investitsion muhitni yaxşilaş uçun harakat qilmoqdamiz”, – dedi prezident forum iştirokçilariga qarata.

Davlat rahbari öz ma’ruzasida Özbekistonda yarim milliondan ortiq oila muhtojlar toifasidan çiqarilganini ma’lum qildi. Şavkat Mirziyoyevga köra, 2030 yilga borib Özbekiston aholisi örtadan yuqori daromad oladigan davlatlar röyxatiga kirişi mumkin.

Kun davomida, şuningdek, Şavkat Mirziyoyev va yevropalik hamkorlar Surxondaryodagi birinçi IYeS qurilişiga start berdi. 1,2 mlrd dollarlik loyiha natijasida 1 560 megavatt quvvatli elektrostansiya quriladi va unda 12 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariladi – bu sönggi yillarda Özbekistonda qurilgan elektrostansiyalar içida eng yirigi böladi.

Sessiyalarda turli iqtisodiy mavzular, xususan Markaziy Osiyoda savdo oqimi transformatsiyasi, transport tizimi raqamlaşuvi, turizmga investitsiyalarni jalb qiliş imkoniyatlari, qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişni rivojlantiriş, yaşil energiya istiqbollari, savdoni erkinlaştiriş va iqtisodiy integratsiya, Özbekistonning mintaqaviy sanoat markazi sifatidagi salohiyati, kambağallikni qisqartiriş va sanoat kabi mavzular muhokama qilindi.

Forumda sözga çiqqan Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso Özbekistonda barqaror iş örinlarini yaratiş va iqtisodiy rivojlanişda kiçik va örta biznesning ahamiyati haqida fikr bildirib, şaffof transformatsiya orqali mamlakatga yaxşiroq investorlarni jalb qiliş mumkinligini ta’kidladi.

Odil Reno-Basso, şuningdek, Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsuga Asakava, Turkiy davlatlar taşkiloti Oqsoqollar kengaşi raisi Binali Yildirim, Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih va BAA energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy prezident Şavkat Mirziyoyev qabulida böldi.

Forum 26 martga qadar davom etadi.