Prezident matbuot xizmati xabariga köra, Şavkat Mirziyoyev bölajak stansiyaning quvvati va samaradorligi haqida sözladi.

Loyiha umumiy qiymati 1 milliard 200 million dollar bölib, uning natijasida 1 ming 560 megavatt quvvat yaratiladi, yiliga 12 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariladi. Loyiha doirasida eng zamonaviy texnologiyalar örnatilib, yiliga 1 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Majmua Surxondaryodagi birinçi, oxirgi yillarda respublikada barpo etiladigan eng yirik issiqlik elektr stansiyasi böladi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilişiça, Surxondaryo neft, gaz, kömir, qimmatbaho va rangli metallar, köp turdagi bezak toşlar kabi 100 dan ortiq konlarga ega bölsa-da, ular yetarli darajada özlaştirilmagan. Şuning uçun kelgusi beş yilda bu viloyatda 7 milliard dollarlik 5 mingdan ziyod investitsiya loyihalarini amalga oşiriş közda tutilgan.

Stansiyada işlab çiqarilgan elektr energiyasi Surxondaryodagi 500 ming xonadonni ham nurga töldiradi. Bundan taşqari, qöşni Afğonistonga yiliga kamida 3 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini eksport qiliş imkoniyati paydo böladi.

Loyiha Germaniyaning “Siemens Energy”, Fransiyaning “YeDF”, Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyalari tomonidan davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşiriladi. Davlat rahbari sohada xususiy kapital iştirokiga keng imkoniyatlar oçilayotganini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

– Biz oxirgi yillarda energetika sohasida katta islohotlarni amalga oşirib, sohani töliq transformatsiya qilmoqdamiz. Jumladan, elektr işlab çiqarişga ilk bor xususiy sektor iştiroki uçun keng imkoniyatlar oçildi. Sönggi uç yilda umumiy quvvati 1 ming Megavattdan ziyod bölgan 5 ta elektr stansiyasi davlat-xususiy şeriklik asosida işga tuşirildi. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard dollardan oşdi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Tadbirda iştirok etgan “Siemens Energy” kompaniyasi prezidenti Kristian Brux va “YeDF” kompaniyasi ijroçi direktori Beatris Buffon Özbekistonda energetika tizimi zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilinayotganini yuksak baholadi.