Gruziya, Ozarboyjon, Turkiya va Qozoğiston «Şarq-Ğarb Transkaspiy yölagi» töğrisidagi tört tomonlama deklaratsiyani imzoladi.
Qayd etilişiça, hujjat tört davlatning xalqaro transport tizimidagi integratsion salohiyatini mustahkamlaşga qaratilgan.
Deklaratsiyada Boku-Tbilisi-Kars temiryöl liniyasining ahamiyatiga alohida urğu berilgan.
Şuningdek, liniyaning ötkazuvçanlik qobiliyatini oşiriş uçun quriliş işlarini yakunlaş muhimligi ta’kidlangan.
Şu bilan birga, mazkur yönalişda transport amaliyotlari sifatini oşiriş uçun infratuzilmaga investitsiyalar kiritiş zaruratiga e’tibor qaratilgan.












