Qayd etilişiça, Tojikistonning «Xolding Aziya Grupp Tadjikistan» korxonasi yaqin orada Özbekistonning qator şaharlariga tajriba tariqasida xalqaro avtobus qatnovlarini boşlaydi.

Joriy yilning 2 aprel kunidan e’tiboran korxona Duşanbe – Termiz, Duşanbe – Denov hamda Panjikent – Samarqand yönalişlarida tajriba-sinov tariqasida qatnovlarni amalga oşiradi.

Duşanbe – Termiz yönalişida qatnov masofasi 251 km bölib, yönalişni bosib ötişga 5 soat 40 daqiqa vaqt sarflanadi.

Duşanbe – Denov yönalişi qatnov masofasi 107 km, yönalişga sarflanadigan vaqt 2 soat 25 daqiqani taşkil etadi. 

Panjikent – Samarqand yönalişi qatnov masofasi 64 km bölib, yönalişga sarflanadigan vaqt esa 1 soat 25 daqiqa. 
   
Ma’lumot uçun, bugungi kunda Özbekiston va Tojikiston örtasida Toşkent – Xöjand va Qöqon – Xöjand yönalişlarida muntazam qatnovlar amalga oşirib kelinmoqda.