Örganiş işlari dastavval “Şarqiy Berdaq” kompleksidan “Buxoro-Urol” magistral gaz quvurigaça bölgan gaz quvurining gaz ötkaziş quvvatini oşiriş maqsadida, qöşimça 22 km (diametri 530 mm) gaz quvuri quriliş-montaj işlaridan boşlandi.
Hozirda uşbu gaz quvuri quriliş-montaj işlari uçun zarur bölgan diametri 530 mm bölgan gaz quvuri uçun 22 km pölat quvurlar yetkazib berilgan bölib, mas’ullar payvandlaş işlari 97 foizga bajarilgani hamda boşqa qilingan işlar böyiça hisobotlarini taqdim qilişdi.
Boşqaruv raisi örganiş jarayonida quriliş-montaj işlarini yanada tezlaştiriş hamda buning uçun zarur çoralar körilişi lozimligini ta’kidlab ötdi.

Quvur armaturalari yetkazib berilişi, gaz quvurini 15 may kuniga qadar bosim ostida sinaş işlarini yakunlaş bilan işga tuşiriş böyiça boşqarma rahbariyati va departament boşliqlariga tegişli topşiriqlar berildi.
Ustyurt regionida uglevodorodlar zaxirasini östiriş Dasturi doirasida olib borilayotgan burğilaş işlarini örganiş maqsadida “Jagiz” maydonidagi 1-sonli, “Sirsuar” maydonidagi 2-sonli va “Ğarbiy Quyi Surgil” konidagi 2-sonli izlov qidiruv quduqlarida olib borilayotgan burğilaş işlari bilan yaqindan tanişib çiqildi.

“Quyi Surgil” va “Surgil” konlarida gaz qazib çiqariş holati konlardagi quduqlarda qazib çiqariş jarayonlarini joyiga borib örganiş vaqtida tahlil qilindi.
Ustyurt boşqarmasi reja körsatkiçlarining bajarilişi va quduqlarni burğilaş, kapital ta’mirlaş, texnologik obektlarni işga tuşiriş yönalişlarida olib borilayotgan işlar “Arslon” konida taşkil etilgan ştabda ötkazilgan yiğiliş davomida muhokama qilindi.

Muhokama çoğida, 2022 yilning yanvar-mart oylarida boşqarmada 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib çiqarilib, reja körsatkiçi 100 foizga bajarilgani, şuningdek ötgan yilning mos davriga nisbatan ösiş sur’ati 132,5 foizni taşkil etgani e’tirof etildi.
Tabiiy gaz qazib çiqariş reja körsatkiçlarining bajarilişini ta’minlaşga qaratilgan jami 21 ta geologo-texnik tadbirlar amalga oşirilgani, şundan 8 ta yangi gaz quduqlari burğilaşdan işga tuşirilgani, 11 ta mavjud gaz quduqlarida kapital ta’mirlaş va intensifikatsiya işlari olib borilgani va texnologiya yönalişida 2 ta tadbirlar bajarilgani borasida Boşqaruv raisiga tahliliy hisobot berildi.
Boşqarmada gaz qazib çiqarişni köpaytiriş uçun yangi işlatiş quduqlarini burğilaş, kapital ta’mirlaş va texnologik obektlarda olib boriladigan modernizatsiya, rekonstruksiya işlari va gaz quvurlarini işga tuşiriş böyiça loyihalar mutaxassislar iştirokida muhokama qilindi.

Fevral oyida Ustyurt regioniga qilingan taşrif davomida “Arslon gazni kompleks tayyorlaş qurilmasi”ni 1 ta qöşimça kunlik 3 mln kub metr gazni tayyorlaş quvvatiga ega bölgan texnologik tarmoğini quriş loyihasini içki imkoniyatlardan kelib çiqib quriş böyiça amalga oşirilgan işlar örganilib, Muborak va Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmalari hamda zavodlardan texnologik uskunalarni olib çiqiş, parallel ravişda umumiy quriliş işlarini boşlaş böyiça mas’ullarga körsatmalar berildi.
Boşqaruv raisi tomonidan amalga oşirilayotgan tadbirlar ijrosini öz vaqtida ta’minlaş maqsadida yangi burğilaş quduqlarini va texnologik obektlarni işga tuşiriş uçun loyiha işlab çiqiş işlari, zarur bölgan 22 km uzunlikdagi diametri 426, 530 va 168 mm hajmdagi quvurlarni içki imkoniyatlardan kelib çiqib yetkazib beriş, zarur quvur armaturalarini xarid qiliş işlarini jadallaştiriş böyiça tegişli departament boşliqlariga va boşqarma rahbariyatiga alohida vazifalar belgilab berildi.

Eslatib ötamiz, “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi boşçiligidagi işçi guruh a’zolari tomonidan Ustyurt regionidagi örganiş işlari davom etmoqda.
“Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ











