Ukrainadagi uruşning 38 kuni ötdi. Kiyev oblastidagi şaharlar köçalarida rossiyalik harbiylar ketişidan keyin tinç aholi vakillarining önlab jasadlari qolgan — ularning ayrimlarining qöli boğliq holatda. Human Rights Watch huquq taşkiloti xodimlari ma’lumotiga köra, Buça şahrida kamida bitta sudsiz qatl holati qayd etilgan. Mariupol elektr, suv va gazsiz qolmoqda. Irpen aholisi örmonga dafn etilmoqda. Rossiya bilan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qiluvçi David Araxamiyaning ma’lum qilişiça, Rossiya Kiyevning tinç yöl bilan tartibga soliş loyihasini oğzaki qabul qildi – Qrim böyiça taklif bundan mustasno. 

Ukrain harbiy xizmatçisi dunyodagi eng katta samolyot bölgan An-225 «Mriya» yuk taşuvçi samolyoti oldida. «Mriya» rossiyalik harbiylar tomonidan yöq qilingan. Gostomel posyolkasi, Kiyev oblasti.
Mikhail Palinchak / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi vaziyat böyiça sönggi ma’lumotlar. 3 aprel, uruşning 39-kuni

  • Kiyev yaqinidagi Buça şahridan rossiyalik harbiylar ketgaç, tinç aholi vakillarining köplab jasadlari topilmoqda. Ğarb agentliklari jurnalistlari birgina köçaning özida fuqarolik kiyimidagi 20 nafarga yaqin erkakning jasadlarini aniqlaşgan. Buça meri Anatoliy Fedoruk Frans press agentligi muxbiri bilan suhbatda «280 kişi birodarlik qabristonlariga kömilgani» haqida xabar berdi.
  • Human Rights Watch Buçada harbiy jinoyat sodir etilgani böyiça dalillar borligini ma’lum qilgan. Rossiya mudofaa vazirligi uşbu şahardagi vaziyat böyiça izoh bermagan.
  • Ukraina mudofaa vazirligi Kiyev oblasti hududida rossiyalik harbiylar qolmagani haqida ma’lum qildi.
  • Tongda Odessada davomli portlaşlar kuzatildi, mahalliy rasmiylar şaharning bir neça rayonlarida yonğinlar yuzaga kelganini xabar qilgan. Rossiya mudofaa vazirligi şahardagi neft saqlanuvçi bazalarga raketa zarbalari berilganini tasdiqlagan.
  • Britaniya mudofaa vazirligi Ukraina janubi-şarqida Rossiya aviatsiyasi faollaşgani haqida xabar bergan, Ukraina boş ştabi esa yakşanbaga ötar keçasi Rossiya raketa zarbalari yöllanişi kamayganini ma’lum qilgan.
  • Mariupolda litvalik kinodokumentalist Mantas Kvedaraviçyus halok bölgan.
  • Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bosib olingan şaharlarda norozilik aksiyalari ötkazayotgan ukrainlarga minnatdorçilik bildirdi.
  • Kiyev oblasti rasmiylari uyga qaytişga şoşilmaslikka çaqirmoqda – minalarni zararlantiriş işlari olib borilmoqda.

Quyida sönggi kunlarda Ukrainada olingan eng ta’sirli suratlar. 

Irpenga kirişdagi vayron bölgan köprik, Kiyev oblasti.
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Xarkov aholisi zarbalar vaqtida şikastlangan uy oldida turişibdi
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain politsiyaçisi yakson etilgan rus harbiy texnikalari oldidan ötmoqda. Kiyevdan ğarbdagi Dmitrovka qişloği. Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Anna Malyar Kiyev oblastida rossiyalik harbiylar qolmaganini ma’lum qildi.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Tankdagi ukrain harbiylari zarbaga uçragan avtomobil yonidan ötişmoqda. Uning içida haydovçi qolib ketgan. Kiyev oblasti
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Mariupolliklar otişma vaqtida vayron bölgan uy yaqinidan ötişmoqda. Şaharda janglar davom etmoqda. Odamlar elektr, içimlik suvi va gazsiz yaşamoqda.
Foto: Sergey Bobilev / TASS
Lugansk oblastidagi Rubejnoye qişloğida gumanitar yordam tarqatilişi. Foto: Aleksandr Reka / TASS
Ustidan tank yurib ötgan avtomobil. Kiyev yaqinidagi Dmitrovka qişloği
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Vayron bölgan voler hududida yurgan tuyaquş, Kiyevdan 40 kilometr masofadagi Yasnogorodka qişloği. Yasnogorkdagi ekopark kiyevliklarning sevimli dam oliş maskanlaridan biri edi.
Sergei Supinsky / EPA / Scanpix / LETA
Xarkov yaqinida, front çiziğidagi Çuguyev şahrida yaralanganlar yotgan şifoxona. Xarkovga bir oydan ortiq vaqt davomida artilleriya zarbalari berilmoqda.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Irpen örmonida paydo bölgan çormixlar. Bu yerga Kiyev oblastidagi şaharga qilingan hujum vaqtida halok bölganlar kömilgan.
Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA
Ukrain askarlari Irpenda töp tepişmoqda. Foto: Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA
Ukraina askarlari rossiyaliklarning yakson etilgan tanklari fonida suratga tuşişmoqda. Buça, Kiyev oblasti.
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Kozaroviçi qişloğiga qaytgan ukrain bayroği, Kiyev oblasti. 
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev yaqinida yonib ketgan Rossiya harbiy texnikalari
Ronaldo Schemidt / AFP / Scanpix / LETA
Serhii Mykhalchuk / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari Irpenda patrullik qilmoqda
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Vayron bölgan xususiy hayvonot boğidan çiqib ketgan tuyaquş örmonda yuribdi
. (AP Photo/Vadim Ghirda) / Scanpix / LETA
Köngillilar ponini evakuatsiya qilişmoqda
(AP Photo/Vadim Ghirda) / Scanpix / LETA
Xususiy uydagi boğda turgan ohu. Mahalliy aholi sözlariga köra, u Dmitrovka rayoni rossiyaliklar tomonidan öqqa tutilgan çoğda yaralangan
REUTERS/Zohra Bensemra / Scanpix / LETA
(Photo by Sergei SUPINSKY / AFP) / Scanpix / LETA
Kiyev yaqinidagi şosseda yotgan jasad va yonib ketgan avtomobil.
Mikhail Palinchak / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupolda yaşovçi ayol köçada ovqat tayyorlayapti. Ayol 60 yoşda, uruş boşlanguniga qadar hisobçi bölib işlagan. Hozir bolalar uyi binosida havo hujumlaridan yaşirinib yaşamoqda
Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik askarlar Kiyevda qoldirib ketilgan Rossiya texnikasini közdan keçirmoqda
Foto: EPA / Scanpix / LETA
Mariupol köçalaridagi DXR xalq militsiyasi harbiylari. Foto: Sergey Bobilev / TASS
Mariupoldagi drama teatri yaqinida öqqa tutilgan avtomobil, yuk maşinasining tepasiga «Bolalar» yozuvi yopiştirilgan
Sergey Bobilev / TASS