Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov dunyoda sodir bölayotgan voqealar fonida mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlaşişi mumkinligini aytdi. U fuqarolarni yirik xaridlarni ortga surişga va «pulni bekorga sarf qilmaslik»ka çaqirdi.
Japarov mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat oğirligini aytdi. Uning sözlariga köra, «dunyodagi sönggi voqealar» sababli mamlakat vaziyat yomonlaşişiga tayyor turişi kerak.
«Barçangizdan xarajatlaringizni qaytadan körib çiqiş, qimmatbaho buyumlar sotib olişni töxtatib turiş, töylar ötkazmaslik va behuda pul sarflamaslikni sörayman»,— dedi u ijtimoiy soha xodimlari bilan ötkazilgan yiğilişda.
Sadir Japarov hozirda mamlakat uçun eng asosiysi «oziq-ovqat xavfsizligi» ekanligini ta’kidladi.
U şuningdek, fermerlarni «dalalarda işlaş va ariqlarni tozalaş uçun» bahorning har bir kunidan foydalanişga çaqirdi.












