Yevrokomissiya (YeK) Maltani «oltin pasportlar» deb ataluvçi tizim – boy xorijliklarga sarmoya evaziga fuqarolik beriş amaliyotini bekor qilişga çaqirdi. Maltaga tegişli mazmundagi xabar yuborilgan, unga mamlakat ikki hafta içida javob berişi lozim. Agar Maltaning javoblari qoniqarsiz deb topilsa, Yevrokomissiya Yevropa sudiga murojaat qilişi mumkin, deb xabar berdi regulyator 6 aprel, çorşanba kuni Bryusselda.
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari fonida Malta mart oyi boşida Rossiya va Belarus fuqarolariga «oltin pasport» berişni töxtatdi. Avvalroq Yevrokomissiya Yevropa ittifoqidagi qator davlatlar rahbarlarining «Rossiya hukumati bilan aloqasi bölgan rossiyalik boylarga oltin pasport» berişni çeklaşga çaqiruvçi bayonotlarini e’lon qilgan edi.
Biroq Yevrokomissiya Malta boşqa davlatlarning badavlat fuqarolariga «oltin pasport» berişda davom etayotganini va bu amaliyotni töxtatiş niyati haqida rasmiy bayonot e’lon qilmaganini aniqladi.
Malta hukumati 6 aprel kuni YeKning xabari e’tiborga olinganini ma’lum qildi va şu bilan birga, fuqarolikni beriş «Yevropa ittifoqiga a’zo har bir davlatning milliy vakolatiga kirişi va şunday bölib qolişi» kerakligini ta’kidladi. Malta hukumati «oltin pasport»ni faqat «loyiq odamlar» olişi kerakligini ham bildirgan.
2020 yilda Yevrokomissiya xorijliklarga «oltin pasport» berilişi munosabati bilan Kipr va Maltaga nisbatan kelişuvni buziş jarayonini boşlagan edi. Kipr bu amaliyotga çek qöydi va ötgan yilning oktabr oyidan boşlab çet elliklarga sarmoya evaziga fuqarolik berişni töxtatdi.












