Prezident “Tadbirkorlik muhitini yaxşilaş va xususiy sektorni rivojlantiriş orqali barqaror iqtisodiy ösiş uçun şart-şaroitlar yaratiş borasidagi navbatdagi islohotlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.

2022 yil 1 maydan boşlab röyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolariga Özbekistonda yaşaş guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan quyidagi köçmas mulk obektlarini (bundan yer uçastkasi mustasno) sotib oliş tarzida investitsiya kiritiş huquqi berildi:

  • Toşkent viloyati, Toşkent va Samarqand şaharlarida – quriliş davrida tuzilgan şartnomalarga asosan qiymati 150 000 AQŞ dollari ekvivalentidan, foydalanişga qabul qilingan köçmas mulk obektlarida qiymati 180 000 AQŞ dollari ekvivalentidan kam bölmagan köçmas mulk obektlari;
  • boşqa hududlarda – quriliş davrida tuzilgan şartnomalarga asosan qiymati 70 000 AQŞ dollari ekvivalentidan, foydalanişga qabul qilingan köçmas mulk obektlarida qiymati 85 000 AQŞ dollari ekvivalentidan kam bölmagan köçmas mulk obektlari.

Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan köçmas mulk obektlarini sotib oliş xorijiy davlatlar fuqarolariga Özbekistonda doimiy röyxatdan ötiş va yaşaş guvohnomasini oliş uçun asos bölmaydi.