13 aprel kuni Ukraina armiyasi «Moskva» raketa kreyseri (Qora dengiz floti flagmani)ga zarba berilganini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi Kiyevdagi «qaror qiliş markazlari»ga hujum qiliş bilan tahdid soldi. Rossiya armiyasi Mariupol qamalini davom ettirmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmati «Putinning kumi» Viktor Medvedçuk qölga olinişi tafsilotlarini oçiqladi — unga köra davlatga xiyonatda ayblanayotgan siyosatçining qoçişga urinişini Rossiya maxsus xizmatlari taşkillaştirgan.

AP Photo/Evgeniy Maloletka
Ukrainadagi uruş. Sönggi ma’lumotlar:
- RF mudofaa vazirligi rossiyaliklarning «Moskva» raketa kreyserida yonğin boşlangani va öq-dorilar portlagani, uning ekipaji evakuatsiya qilingani haqida xabar berdi. Bungaça Ukraina tomoni uşbu kreyserga qanotli raketalar bilan zarba berilganini ma’lum qilgandi. «Moskva» - RF harbiy-dengiz kuçlarining Qora dengiz flotidagi flagmani hisoblanadi;
- Avstraliya Rossiya kompaniyalariga, jumladan «Gazprom» va Rossiya temiryöllariga qarşi sanksiyalar kiritdi;
- Rossiya Mariupolda mingdan ortiq ukrain harbiylari taslim bölganini xabar qildi. Ukraina tomoni bu ma’lumotni tasdiqlamagan va şahar uçun janglar davom etayotganini bildirgan.
- Çorşanba kuni Buçaga Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xon keldi. U butun Ukraina jinoyat joyiga aylanganini aytdi. Avvalroq YeXHT ham Rossiya tomonidan harbiy jinoyatlar sodir etilgani ehtimolini ma’lum qilgandi;
- AQŞ Ukrainaga yana 800 mln dollarlik qurollar yetkazib beradi, jumladan kamikadze-dronlari, vertolyotlar, gaubitsalar va zirhli transportlar.

Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA

Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alex Chan Tsz Yuk / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Ukrainian Presidential Press Office via AP

AP Photo/Alexei Alexandrov

AP Photo/Evgeniy Maloletka

Ronaldo Schemidt / AFP / Scanpix / LETA

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Anastasia Vlasova / Getty Images

Anastasia Vlasova / Getty Images

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

AP Photo/Alexei Alexandrov

Foto: Sergey Bobilev / TASS


Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA

Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA

AP Photo/Rodrigo Abd












