Kiyev meri Vitaliy Kliçko Ukraina poytaxti Rossiya qöşinlari tomonidan öqqa tutilganini xabar qildi.

«Kiyev ertalabdan öqqa tutildi. Şahar çetidagi Darnitskiy rayonida portlaşlar yuz berdi. Hozirda voqea joyida qutqaruvçilar va şifokorlar iş olib bormoqda. Jabrlanganlar töğrisidagi ma’lumotlar aniqlaştirilmoqda», - deb yozdi Kliçko Telegram sahifasida. 

Mer kiyevliklarni xavfsiz joylarda qolişga çaqirgan.

Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi vakili general-mayori Igor Konaşenkov agar Ukraina Rossiya hududini öqqa tutsa, Kiyevdagi qaror qabul qiliş markazlariga zarba berilişi bilan tahdid qilgandi.