Voqea şu yilning 17 aprel kuni soat 23:50lar atrofida Nukus şahrining Islom Karimov köçasida yuz bergan. Bu haqda Qoraqalpoğiston Respublikasi YHXB xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, YPX inspektori A.Yeşniyazovga Nukusning Allayar Dösnazarov va Amir Temur köçalari kesişmasida svetoforning qizil çiroğiga böysunmasdan harakatlanib yurgan Cobalt’ni töxtatiş haqida xabar berilgan.

YPX inspektori A.Yeşniyazov öziga xizmat uçun biriktirilgan davlat raqami 95 989 VSF bölgan Lacetti’da qoidalarga böysunmagan haydovçini töxtatgan. 1995 yilda tuğilgan Cobalt haydovçisi I.Karimov köçasida katta tezlikda harakatlanib, YPX inspektori xizmat maşinasiga urilgan. Yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida heç kimga zarar yetmagan.
Aniqlanişiça, Cobalt haydovçisi J.Q. (ayol kişi) maşinani mast holda boşqargani ma’lum bölgan. Hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.












