Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 17 aprel, yakşanba kuni e’lon qilingan videomurojaatida «qurolning har bir keçikişi, har bir siyosiy keçikiş - bu Rossiyaning ukrainaliklar hayotiga zomin bölişiga ruxsat», deya ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, ğarbdagi hamkorlarga sörovlarining ayrim bandlari böyiça Kiyev 53 kundan beri javob kutmoqda – Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari aynan şunça kun davom etyapti. «Ba’zi javoblar şunday tuzilganki, yetkazib beriş faqat may oyida boşlanişi mumkin», - deya qöşimça qildi Zelenskiy.
Uning aytişiça, Rossiya qöşinlari hozirda Xarkovni öqqa tutişda davom etmoqda va u buni «ongli terror» deb atadi. Ukraina prezidenti sözlariga köra, sönggi tört kunning özida şaharda 100 dan ortiq odam jarohatlangan, 20 ga yaqin kişi halok bölgan.
Ukrainaga oğir qurol-yaroğ yetkazib beriş Germaniyani uruş iştirokçisiga aylantira olmaydi, sababi Ukraina Rossiyaga qarşi qonuniy mudofaa uruşini olib bormoqda.Bu haqda 16 aprel kuni Germaniya adliya vaziri Marko Buşman ma’lum qildi.
Ertasi kuni Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext Ukraina armiyasiga navbatdagi qurol partiyasini yetkazib berişni ma’qullagani ma’lum böldi. Gap GDR Milliy xalq armiyasining harbiy zaxiralaridan 58 ta zirhli texnika haqida bormoqda. Hozirda ular Çexiya kompaniyasiga tegişli va Ukrainaga sotilişi mumkin.













