Özbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy faolligini rivojlantiriş böyiça 2022-2024 yillarga möljallangan “Biznes ayollar” dasturi tasdiqlanadi.

Quyidagilar dasturni amalga oşirişning ustuvor yönalişlari etib belgilanadi:

  • respublika miqyosida xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasidagi faoliyati barqarorligini ta’minlaş hamda öz faoliyatini samarali taşkil etişi uçun imkoniyatlarini kengaytiriş, uşbu sohada işbilarmonlik muhitini yaxşilaşga oid yagona davlat siyosati samarali amalga oşirilişini ta’minlaş;
  • tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagida bölgan xotin-qizlar taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, öz tomorqasida gul va meva-sabzavot yetiştiriş uçun issiqxona quriş, çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik va asalariçilikni yölga qöyişda imtiyozli kreditlar va subsidiya ajratiş hamda tadbirkorlik faoliyatini taşkil etiş va amalga oşiriş har bir bosqiçida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam körsatilişini ta’minlaş;
  • tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan şuğullanmagan xotin-qizlarga tegişli faoliyat turini taşkil qilişga amaliy yordam körsatiş;
  • xotin-qizlarning tadbirkorlikka bölgan taşabbusini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, respublika miqyosidagi tadbirkorlik sub’yektlari orasidagi uluşini 40 foizga oşiriş;
  • xotin-qizlarning tadbirkorlik qiliş borasidagi faoliyatida ular oldidagi qator tizimli va byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş.

Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi bilan birgalikda:

  • har bir mahallada işsiz deb e’tirof etilgan va işlaş yoki tadbirkorlik qiliş istagini bildirgan xotin-qizlar birlamçi röyxatini şakllantiradi;
  • şakllantirilgan röyxat asosida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filiallari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoşidagi “Işga marhamat” monomarkazlari, Savdo-sanoat palatasida kasb-hunarga (mehnat birjasining mavjud böş iş örinlaridan kelib çiqqan holda) va tadbirkorlikka öqitiş işlarini taşkil etadi.

Şunday tartib örnatiladiki, tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça tuman (şahar) hokimi yordamçilari tavsiyasiga asosan nodavlat ta’lim taşkilotlari (NTT) hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi öquv kurslariga yönaltirilgan yoşlar va xotin-qizlar uçun Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligining hududiy boşqarmalari tomonidan uç tomonlama şartnoma (agentlik hududiy boşqarmasi – NTT yoki Oliy maktab - fuqaro) asosida öquv kurslari qiymatining 70 foizi (biroq 1 mln sömdan oşmagan qismi) kompensatsiya qilib beriladi.

Bunda, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan yoşlar va xotin-qizlarni Oliy maktab tomonidan öqitiş işlari töliq bepul amalga oşiriladi.