Rossiyada xavfsizlik böyiça yangi tartib: özbek biznesi uçun huquqiy jihatlar
|11:32 / 06.09.202613 4568 min
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-avgust kuni mamlakatdagi kritik infratuzilma obyektlari xavfsizligini taʼminlaş böyiça yangi farmon imzoladi. Hujjat ayrim hollarda xavfsizlik talablarini bajarmagan xöjalik yurituvçi subyektlarning Rossiyadagi mol-mulki va mulkiy huquqlarini vaqtinçalik davlat boşqaruviga berişni nazarda tutadi. Bu qoida Rossiyadagi özbek bizneslariga ham taalluqli bölişi mumkinmi?
Savol bejiz emas: Rossiya Özbekiston eksportining qariyb 13 foizini qabul qiladi, mamlakatda Özbekiston kapitali iştirokidagi 700 ga yaqin kompaniya faoliyat yuritmoqda, özbek mahsulotlarining birgina Wildberries orqali savdo aylanmasi esa 2025-yilda 1,5 milliard dollarga yaqinlaşgan.
Avval farmonning özi: Rossiya nimani özgartirdi?
24-avgust kuni Rossiya prezidenti “Rossiya Federatsiyasi kritik infratuzilma obyektlari xavfsizligini taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 604-sonlifarmonni imzoladi.
Mazkur farmonning qisqaça mazmuni şundan iboratki, agar xöjalik yurituvçi subyekt kritik infratuzilma obyektining xavfsizligini taʼminlaş çoralarini körmasa yoki ularni keçiktirsa, xavfsizlik talablarini buzsa, obyektning xavfsizligi yoki normal işlaşiga tahdid yaratsa, jumladan uçuvçisiz uçiş apparatlari hujumlarining oldini olişga qaratilgan çoralar samarasiz deb topilsa yoxud zararlangan obyektni öz vaqtida tiklamasa, unga nisbatan vaqtinçalik boşqaruv joriy etilişi mumkin.
Vaqtinçalik boşqaruvga olingan mol-mulkning egasi öz mulk huquqidan avtomatik ravişda mahrum bölmaydi. Biroq, vaqtinçalik boşqaruvçi mulkdorning ayrim vakolatlarini amalga oşiradi va bunda mol-mulkni tasarruf etiş, yaʼni uni sotiş yoki begonalaştiriş vakolatiga ega bölmaydi.
Boşqaruvga korxonaning Rossiya hududidagi köçar va köçmas mulki, ayrim qimmatli qoğozlari, Rossiya kompaniyalaridagi uluşlari hamda mulkiy huquqlari tuşişi mumkin.
Buning Özbekistonga nima aloqasi bor?
Buning javobi ikki mamlakat iqtisodiy aloqalarining kölamida yaqqol namoyon böladi. Özbekiston Milliy statistika qömitasining maʼlumotiga köra, 2025-yilda mamlakat taşqi savdo aylanmasi 81,2 milliard dollarni taşkil etgan. Rossiya bilan savdo hajmi qariyb 13 milliard dollar bölgan.
Bundan ham muhimroq körsatkiç – eksport. 2025-yilda Özbekistonning jami eksporti 33,8 milliard dollar, Rossiyaga eksporti esa 4,3 milliarddollarni
Mavzuga oid
taşkil qilgan. Oddiy hisobda, Rossiya Özbekiston eksportining qariyb
12,7 foizini
qabul qilgan.
Demak, Rossiya bozoridagi logistika, işlab çiqariş yoki infratuzilmaga oid özgarişlar faqat u yerda faoliyat yuritayotgan bitta korxonaning muammosi bölib qolmaydi. Ular Özbekistondagi işlab çiqaruvçi, eksportçi, logistika kompaniyasi va oxir-oqibat isteʼmolçigaça yetib boradigan zanjirga ham taʼsir qilişi mumkin.
Rossiyada özbek bizneslari qança?
Oçiq maʼlumotlarga köra, Rossiyada Özbekiston kapitali iştirokidagi 700 ga yaqin kompaniya faoliyat yuritmoqda.
Ularning barçasini “kritik infratuzilma subyekti” deb ataş töğri emas. Ular orasida savdo, xizmat körsatiş, işlab çiqariş, logistika va boşqa yönalişlarda faoliyat yuritayotgan bizneslar mavjud.
Farmon esa kompaniyaning Özbekistonga yoki Rossiyaga tegişliligidan köra, uning qanday obyekt bilan boğliqligi va uşbu obyektning kritik infratuzilma sifatidagi maqomiga eʼtibor qaratadi. Hujjatda kritik infratuzilma obyektlari qatorida yoqilği-energetika va sanoat obyektlari, aloqa, kommunal va energetika obyektlari, transport va logistika infratuzilmasi, jumladan transport-logistika komplekslari, şuningdek aholining hayot faoliyatini taʼminlaşga xizmat qiluvçi obyektlar va boşqa toifalar sanab ötilgan.
Şu sababli 700 ga yaqin kompaniyaning aynan qançasi yangi tartib doirasiga tuşişini hozirça aniq aytiş qiyin.
Ammo real misollar bor.
Özbek kapitali Rossiyada allaqaçon logistika infratuzilmasiga kirib borgan. Masalan, 2024-yilda Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri örinbosari Dmitriy Volvaç Boşqirdistonda Özbekiston kapitali iştirokida yirik ulgurji-taqsimot markazi qurilayotganini maʼlum qilgan. Loyihaning maydoni 20 gektar, investitsiya hajmi esa 2 milliard rubldan ortiq deb körsatilgan. Markaz qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş, qayta işlaş va realizatsiya qiliş uçun möljallangan.
Xuddi şu maʼlumotda Omsk viloyatida Özbekiston kompaniyasi 8 gektarlikulgurji-taqsimot markazi, şu jumladan vaqtinça saqlaş omborini qurayotgani ham qayd etilgan.
Putinning yuqoridagi farmoniga qaytsak, unda transport va logistika infratuzilmasi – kritik infratuzilma obyektlari qatorida bevosita körsatilgan. Şu sababli, bunday obyektlarga egalik qiluvçi yoki ularni boşqaruvçi özbek kompaniyalari yangi huquqiy rejimni oddiy savdo yoki xizmat körsatiş biznesiga qaraganda sinçiklabroq örganişiga töğri keladi.
Bundan taşqari, 2026-yil 5-iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida prezident Putin Özbekiston tovarlarining Wildberries orqalisavdosi haqida gapirgan edi. Uning aytişiça, 2023-yilda Wildberries orqali özbek tovarlarining aylanmasi 418 million dollar bölgan bölsa, 2025-yilda bu körsatkiç qariyb 1,5 milliard dollarga yetgan. 2026-yil uçun esa 2 milliard dollardan oşişi prognoz qilingan. Ikki yil içida qariyb uç yarim baravar ösiş – Rossiya bozorining Özbekiston işlab çiqaruvçilari uçun qançalik muhimligini körsatadi.
Lekin uşbu farmon bilan nazarda tutilgan yangi qoidalar Özbekiston uluşi bölgan barça kompaniyalarga taalluqlimi? Yöq. Bu – eng muhim nuqta.
Oddiy restoran, kiyim-keçak dökoni, konsalting kompaniyasi yoki kiçik savdo firmasi Rossiyada faoliyat yuritgani uçungina yangi farmon asosida vaqtinçalik boşqaruvga tuşib qolmaydi. Farmonning qöllanişi uçun kritik infratuzilma obyekti va xavfsizlik bilan boğliq tegişli huquqiy asos mavjud bölişi kerak.
Töğriroq xulosa şuki, röyxatdagi transport, logistika, sanoat, energetika yoki boşqa kritik infratuzilma obyektlariga ega yoki ularni boşqaradigan bizneslar yangi huquqiy rejimga alohida eʼtibor qaratiş kerak.
Ayniqsa, yirik omborlar, taqsimot markazlari, transport terminallari va işlab çiqariş obyektlari alohida huquqiy risk profiliga ega bölişi mumkin.
Farmondagi eng muhim savollardan biri – röyxat qançalik aniq?
Bu masalada farmonning yana bir jihati eʼtiborni tortadi. Hujjatda kritik infratuzilma obyektlarining bir neçta toifasi aniq sanab ötilgan. Biroq, röyxat şu bilan tugamaydi. Unda Rossiya Federatsiyasi xavfsizligi, iqtisodiy barqarorligi va aholining hayot faoliyatini taʼminlaş uçun alohida muhim ahamiyatga ega bölgan boşqa obyektlar ham nazarda tutilgan.
Huquqiy nuqtai nazardan, aynan şu “boşqa obyektlar” tuşunçasi savollar tuğdirişi mumkin.
Çunki, transport, logistika yoki sanoat obyektlarining ayrimlari röyxatda bevosita körsatilgan bölsa, “boşqa obyektlar” kategoriyasi orqali qamrov doirasi ança kengayişi ehtimoli paydo böladi.
Bu esa biznes uçun oldindan huquqiy aniqlikni taʼminlaş masalasini qiyinlaştiradi.
Masalan, yirik ombor yoki taqsimot markazi öz-özidan kritik obyekt hisoblanadimi? Yoki buning uçun uning davlat xavfsizligi yoki iqtisodiy barqarorlik uçun alohida ahamiyati tegişli tartibda aniqlanişi kerakmi?
Xuddi şuningdek, sanoat korxonasi farmondagi “sanoat obyektlari” kategoriyasiga kirişi uçun qanday mezonlar qöllanadi? Logistika kompaniyasining har qanday ombori transport-logistika infratuzilmasi hisoblanadimi yoki faqat maʼlum maqomdagi obyektlargina uşbu toifaga kiradimi?
Farmonning özi bu savollarning barçasiga batafsil javob bermaydi.
Şuning uçun uning amaliy qöllanişida obyektni kritik infratuzilma sifatida kvalifikatsiya qiliş mezonlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu, ayniqsa, Rossiyada faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital iştirokidagi bizneslar uçun muhim. Çunki, kompaniya öz faoliyatining huquqiy riskini baholaş uçun nafaqat umumiy qonunçilikni, balki konkret obyektining huquqiy maqomini ham bilişi kerak.
Humoyunmirzo Eşboyev, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xalqaro huquq kafedrasi öqituvçisi