Farmonga köra, quyidagilar 2026–2030-yillarga möljallangan “Statistikani rivojlantiriş – 2030” milliy strategiyasining ustuvor yönalişlari etib belgilandi:

barça rasmiy statistikani tayyorlovçilar faoliyatini yagona yondaşuv asosida muvofiqlaştiriş, maʼlumotlar sifatini taʼminlaşning institutsional salohiyatini oşiriş;

xalqaro standartlar va zamonaviy statistik modellarga muvofiq statistika uslubiyatlarini takomillaştiriş;

raqamli transformatsiya, hisobot yukini kamaytiriş va maʼlumotlar infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va boşqalar.

Özbekiston hududida biznesni röyxatga oliş 2026-yil 15-oktabr – 30-noyabr sanalarida ötkaziladi.

2027-yil 1-yanvardan statistika organlari tomonidan har çorakda ötkaziladigan tanlanma kuzatuvlar uçun mikrofirmalar va kiçik korxonalar yilda faqat 1 marotaba tanlab olinişi mumkin.