Ukraina tomonining bayonotlari

«Rus armiyasi bu uruşda dunyo tarixiga özini jahonning eng vahşiy va noinsoniy armiyasi sifatida toabad yozib qoldiradi», — degan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tungi murojaatida.

Foto:  flickr.com/photos/president_of_ukraine

«Tinç aholini maqsadli ravişda öldiriş, turar joy kvartallari, fuqarolik infratuzilmasini vayron qiliş, bu yölda barça qurollardan, şu jumladan, xalqaro konvensiyalar bilan taqiqlangan qurollardan foydalaniş Rossiya armiyasining öziga xos imzosiga aylanib ulgurdi. Bu razillik tufayli rus hukumati avlodlar oşa mutlaq yovuzlik manbasi sifatida tilga olinadi», — degan Zelenskiy.

Ötgan sutkada Ukraina qurolli kuçlari 10 ta hujumni qaytargan. 12 ta tank, 1 ta artilleriya tizimi, 29 ta zirhli texnika, 2 ta avtomobilni yöq qilgan. Havo hujumidan mudofaa tizimi 1 ta Ka-52 vertolyoti, törtta uçuvçisiz samolyot va bitta qanotli raketani urib tuşirgan.

Ukraina boş ştabi ma’lumotlariga köra, 19 aprel holatiga Rossiya tomonining yöqotişlari 20 ming 800 kişiga yetgan.

Uruş boşlangandan buyon Ukraina Rossiya tomonining 802 ta tank, 2063 ta zirhli maşinalar, 386 ta artilleriya tizimi, 67 ta havo hujumidan mudofaa vositalari, 169 ta samolyot, 150 ta vertolyot, 8 ta kema va katerlar, 158 ta pilotsiz uçoqlarini yöq qilganini da’vo qilmoqda.

Rossiya tomonining bayonotlari

Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Şoygu vazirlikning hay’at yiğilişida Qrim yarimoroli Rossiya imperiyasi tarkibiga 239 yil muqaddam orol aholisining iltimosiga köra qöşib olinganini ta’kidlagan.

Foto: vvesti.com

«Bugun federal qonunga köra Qrim, Taman va Kubanning Rossiya imperiyasi tarkibiga qöşilgan kuni nişonlanmoqda. 239 yil muqaddam Yekaterina II uruşdan çarçagan qrimliklarning iltimosiga köra, yarimorolni Rossiya davlati himoyasi ostiga olgan edi», — degan Şoygu.

RF Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev Rossiyani ihotalaş va uning iqtisodiyotini böğiş heç kimning qölidan kelmasligini ta’kidladi.

Rossiya Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi rahbari Maksim Reşetnikov Rossiya sanksiyalarning birinçi zarbasiga doş berganini ta’kidladi.

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainada maxsus operatsiyasining navbatdagi fazasi boşlanganini aytib ötdi.

Foto: Mid.rf

«Rossiya Ukrainada yadro qurolidan foydalaniş imkoniyatini körib çiqmayapti. Zelenskiyning bayonotlarini jiddiy qabul qilmaslik kerak, çunki u doim nuqtayi nazarini özgartirib turadi. Rossiya Ukrainadagi siyosiy rejimni özgartirmoqçi emas», — degan Lavrov.

Natsizm nafaqat Rossiyada, dunyoning biror nuqtasida qayta boş kötarmasligi uçun Rossiya bor kuçini işga solişini aytgan Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbari örinbosari Sergey Kiriyenko.

Rossiya mudofaa vazirligi brifingida Ukraina tomonining yöqotişlari sanaldi:

  • Aviatsiya Ukrainaning 31 ta harbiy obektlariga hujum uyuştirgan;
  • Ukraina armiyasining şaxsiy tarkibidan 180 askar, 15 ta zirhli texnika, bitta «Buk-M1» ZRK yöq qilingan;
  • Maxsus operatsiya boşidan buyon RF QQ Ukrainaning 490 ta pilotsiz uçar qurilmasi va 2367 birlik zirhli texnikasini yöq qilgan;
  • Quruqlikdagi raketa qöşinlari bir kunda Ukraina QQning beşta obektini nişonga olgan;
  • RF harbiy kosmik kuçlari Ukrainaning 31 ta obektiga zarba bergan, havo hujumidan mudofaa tizimi uçta pilotsiz uçar qurilmani urib tuşirgan.
  • Maxsus guruhlar Mariupoldagi «Azovstal» kombinati hududini şturm qilişga kirişgan.
 Mariupoldagi zarar körgan binolar xaritasi — Wall Street Journal.

Xalqaro hamjamiyatning reaksiyalari

BMT Ukrainada vafot etgan tinç aholi vakillari soni 2000 kişidan oşganini e’lon qildi.

Pentagon Rossiya tomonidan yadroviy tahdidni doimiy asosda kuzatib borayotgani, ayni paytda AQŞ yadroviy kuçlarining tayyorgarligi statusini özgartirişga hojat yöqligi haqida bayonot berdi.

AQŞ prezidenti Jo Bayden Rossiya AQŞdagi yuqori inflatsiya ösişiga birinçi sabab ekanligini ta’kidladi.

Foto: abcnews.go.com

«Kelinglar, ayni paytda bizdagi narx-navo nega bu qadar yuqori ekanligiga oydinlik kiritaylik. Sabablar ikkita: birinçisi — koronavirus. Ikkinçi katta sabab — Vladimir Putin. Ukraina atrofidagi vaziyat butun dunyo böylab yonilği va oziq-ovqat narxlarining ösişiga olib keldi. Sönggi statistikaga nazar taşlasak, ötgan oyda inflatsiya ösişining 70 foizi Putin narxlarining ösişi oqibatlari ekanligi oydinlaşdi. Men narxlar tuşişi uçun qölimdan kelgan hamma işni qilaman», — degan Bayden.

Yevrokomissiya Ukrainaga köproq qurol-yaroğ berilişidan maqsad uruşni yanada çöziş emas, mamlakatning himoyalanişiga yordam beriş ekanligini ta’kidladi.

Xitoy Ukrainada tomonlarni gumanitar huquqqa qat’iy rioya qiliş va tinç aholini evakuatsiya qilişni ta’minlaşga çaqirdi. Xitoy Ukraina voqealar tufayli joriy etilgan sanksiyalarning salbiy oqibatlarini bartaraf etişni qöllaydi. Mamlakatlarning zaxiralarini muzlatiş iqtisodiy barqarorlikka raxna soladi, bu amaliyotdan voz keçiş kerak, degan Xitoyning BMTdagi doimiy vakili. Xitoy şuningdek, boşqa davlatlarni Ukrainaga oğir qurol-aslahalarni jönatişdan voz keçişga çaqirdi.

BMT rahbari Antoniu Guterriş Rossiya va Ukrainani yangi gumanitar koridorlar oçiş va ehtiyojmandlarga yordam yetkaziş uçun pasxa bayramida tört kunlik vaqtinçalik sulh tuzişga çaqirdi.

Litvada georgiy tasmasi hamda Z va V belgilarini omma oldida namoyiş etiş taqiqlandi va buning uçun jarima jazosi joriy etildi.

Finlandiya Rossiya bilan çegaralardagi nazoratni kuçaytirdi.

Rossiyaga qarşi sanksiyalar

Amerikaning General Motors avtokonserni Rossiyani töliq tark etayotgan ilk xorijiy avtokompaniya böldi. Avtomobillar va ehtiyot qismlar yetkazib beriş töxtatiladi, Rossiyadagi ofis xizmatçilari işdan böşatiladi.

General Motors Rossiyani tark etmoqda. Foto: REUTERS

Germaniyaning maişiy kimyo mahsulotlari işlab çiqaruvçi Henkel kompaniyasi Rossiyada biznes yuritişni töxtatayotganini e’lon qildi.

Biznes uçun dasturiy ta’minot yaratuvçisi SAP kompaniyasi Rossiyada işni töliq töxtatib, rossiyalik mijozlari bilan şartnomalarni bekor qilganini e’lon qildi.

Vengriya TIV rahbari mamlakat Rossiyaning nefti va gaziga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarga qöşilmasligini e’lon qildi.

Fransiya TIV Yevropa Ittifoqi va AQŞ yaqin kunlar içida Rossiyaga qarşi sanksiyalarni kuçaytirişi, çoralar birinçi navbatda energiya resurslariga qaratilişini ta’kidladi.

Kelgusi haftada Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan sanksiyalarining oltinçi paketi qabul qilinişi kutilmoqda.

Xalqaro valuta fondi Ukraina yalpi içki mahsuloti hajmi 2022 yilda 35 foizga tuşişini prognoz qildi. Öz navbatida, XVF prognozlariga köra, Rossiya YaIMining qisqarişi 2022 yilda 8,5 foizni, 2023 yilda 2,3 foizni taşkil etadi.

TikTok ilovasini AppStore’dan yuklab oliş rossiyalik foydalanuvçilar uçun imkonsiz bölib qoldi.

Kutilmalar va rejalar

Boş vazir Jastin Tryudoga köra, Kanada Ukrainaga oğir artilleriya vositalarini jönatadi.

Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson ham Ukrainaga artilleriya vositalari jönatişni va’da qildi.

Germaniya kansleri Olaf Şols ğarb davlatlari yetakçilari bilan muzokaralardan söng NATO Ukrainadagi mojaroga töğridan töğri aralaşmasligini ta’kidladi.

Foto: Lisi Neisner / REUTERS

«Biz Germaniya qurolli kuçlarining öz zaxirasidan Ukrainaga yetkazib berişimiz mumkin bölgan qurol-yaroğlarning oxiriga yetib böldik. Putinning tasavvuridagi tinçlik nomaqbul. Rossiyaning Ukrainada ğalaba qozonişiga qöyib bermaslik kerak», — degan GFR kansleri.

Niderlandiya öz ittifoqçilari bilan Kiyevga qöşimça ravişda «oğir qurol-yaroğlar» yetkazib beriş ehtimolini körib çiqmoqda.