Vazirlar Mahkamasining “Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga öqitiş tizimini yanada rivojlantiriş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2022 yil 1 iyundan xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oşiriş va bandligini ta’minlaş böyiça davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga öqitişning yangi tartibi joriy etiladi.
Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga öqitişning asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:
- xotin-qizlarni zamonaviy kasblarga öqitişda davlat va xususiy iş beruvçilar talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda davlat buyurtmasini beriş;
- öz kasbi böyiça yuqori malakaga ega bölgan xotin-qizlarga baholaş markazlari orqali malaka sertifikatlari beriş;
- davlat buyurtmasi asosida kasb-hunar örgangan xotin-qizlarga mehnat faoliyatini boşlaş uçun subsidiya beriş;
- öqişni muvaffaqiyatli bitirgan xotin-qizlarga öz biznesini yölga qöyiş uçun boşlanğiç kapital ajratiş;
- umumiy örta ta’lim maktablari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalarini bitiruvçi xotin-qizlarni axborot texnologiyalari yönalişidagi kurslarda davlat buyurtmasi asosida öqitiş.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2022 yil 1 mayga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida “Işga marhamat” monomarkazlari huzurida Malakalarni baholaş markazlari taşkil etilişini ta’minlaydi.
2022 yil 1 iyundan boşlab:
- Qoraqalpoğiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar bandlik boş boşqarmalari tomonidan ta’lim muassasalari, “Işga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga öqitiş markazlari hamda nodavlat ta’lim taşkilotlarida mos hududda iş beruvçilar ehtiyojlaridan kelib çiqib xotin-qizlarni kasbga öqitiş böyiça davlat buyurtmasi beriladi;
- xotin-qizlarni tegişli yönalişlar böyiça kasb-hunarga öqitişni taşkil etiş hamda kelgusida buyurtma bergan iş beruvçilar tizimida bandligini ta’minlaş Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan muvofiqlaştiriladi;
- xotin-qizlarni kasbga öqitiş böyiça davlat buyurtmasini bajaradigan ta’lim muassasalariga tegişli malaka sertifikatini olgan xotin-qizlar uçun öqitiş xarajati 70 foizi, biroq har bir bitiruvçiga bazaviy hisoblaş miqdori 4 barobaridan oşmagan miqdorda, qolganlari uçun 50 foizi, biroq bazaviy hisoblaş miqdori 2 barobaridan oşmagan miqdorda qoplab beriladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 iyundan boşlab umumiy örta ta’lim maktablari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari bitiruvçi kurs xotin-qizlarini axborot texnologiyalari yönalişlari böyiça qöşimça kurslarda öqitişni taşkil etadi.












