Kundalik hayotda odamlar şifokorlar, öqituvçilar, davlat xizmatçilari va boşqa kasb egalariga tayanadi. Biroq ularning xizmatidan foydalaniş yoki qarorlariga boğliq böliş har doim ham ularga işonişni anglatmaydi.
Ipsos kompaniyasining Global Trustworthiness Index 2026 tadqiqoti turli kasb vakillariga bölgan jamoatçilik işonçi örtasida katta tafovut borligini körsatdi. Uning natijalari asosida Visual Capitalist infografika tayyorlagan.
20 ta kasb va ijtimoiy guruhni qamrab olgan sörovda 31 mamlakatdan 23 537 nafar voyaga yetgan internet foydalanuvçisi iştirok etgan. Ulardan öz mamlakatidagi turli kasb vakillarini qay darajada işonçga loyiq deb hisoblaşi söralgan.
Reytingda işonçning sof körsatkiçidan foydalanilgan. Bu - muayyan kasb vakillariga işonadiganlar uluşidan ularga işonmaydiganlar uluşini ayiriş orqali hisoblanadigan körsatkiç. Musbat natija işonç, manfiy natija esa işonçsizlik ustunligini bildiradi.
Birinçi örinni şifokorlar egallagan: ularning sof işonç körsatkiçi +43 foiz punktini taşkil etgan. Keyingi örinlarda olimlar (+42) va öqituvçilar (+37) joylaşgan.
Bu uç kasbga bölgan munosabat turli mamlakatlarda ham ança öxşaş çiqqan. Ipsos maʼlumotlariga köra, tadqiqotda qatnaşgan 31 mamlakatning 27 tasida aynan şifokorlar, olimlar va öqituvçilar birinçi uçta örinni egallagan.
Uçinçi va törtinçi örin örtasidagi farq esa sezilarli. Qurolli kuçlar vakillari +16 foiz punkti bilan törtinçi örinni olgan. Bu öqituvçilarning körsatkiçidan 21 foiz punktiga past.
Şaxsiy fitnes murabbiylari (+10) va texnologiya sohasidagi tadbirkorlarda (+6) ham işonç bildirganlar uluşi işonmaydiganlardan köp bölgan. Sudyalar va politsiya xodimlarining har biri +5 foiz punktini qayd etgan.
Advokatlarning körsatkiçi esa nolga teng çiqqan. Bu ularga heç kim işonmasligini anglatmaydi: sörovda advokatlarga işonadiganlar va işonmaydiganlar uluşi teng bölgan.
Reytingning eng quyi poğonasini siyosatçilar egallagan. Ularning sof işonç körsatkiçi −48 foiz punktini taşkil etgan. Söralganlarning atigi 13 foizi siyosatçilarni işonçga loyiq deb hisoblagan, 61 foizi esa aksinça fikr bildirgan.
Şifokorlar va siyosatçilar örtasidagi tafovut ayniqsa katta: ularning sof işonç körsatkiçlari orasida 91 foiz punktlik farq bor.

















