Bu haqda «Kasbiy taʼlim taşkilotlari qabul parametrlari va ularning samaradorligi» nomli axborot-tahliliy maʼlumotda qayd etilgan. Tahlil Kasbiy taʼlim agentligi taqdim etgan rasmiy maʼlumotlar asosida şakllantirilgan.
Hujjatga köra, 2025-2026 öquv yili uçun texnikumlarga 287 301 ta qabul kvotasi ajratilgan. Amalda 249 130 nafar öquvçi öqişga qabul qilingan. Hisobotning taʼlim şakllari böyiça jadvalida umumiy qabul rejasi 86,7 foizga bajarilgani körsatilgan.
Eng köp tanlangan kasblar
Qabulning eng katta qismi - 20 foizi «Avtomobillarni taʼmirlaş va ularga xizmat körsatiş» kasbi hissasiga töğri kelgan. Bu yönalişga 27 660 ta örin ajratilgan bölsa, amalda 50 116 nafar öquvçi qabul qilingan.
Şuningdek, umumiy qabulda quyidagi kasb va mutaxassisliklar salmoqli uluşni egallagan:
- tikuvçi - 7 foiz;
- hamşiralik işi - 6,2 foiz;
- traktorçi-maşinist - 5 foiz;
- davolaş işi - 4,1 foiz;
- kompyuter grafikasi va dizayn operatori - 3,8 foiz;
- raqamli axborotlarni qayta işlaş ustasi - 3,4 foiz.
Tahlilda ayrim mutaxassisliklarda qabul belgilangan kvotalardan bir neça barobar oşgani, boşqalarida esa ajratilgan örinlar tölmagani qayd etilgan.
Biroq qabulning nol yoki juda past darajada bölişi har doim ham muayyan kasbga talab yöqligini anglatmasligi taʼkidlangan. Ayrim hollarda guruh taşkil etiş uçun yetarli öquvçi töplanmagani sababli ular öz roziligi bilan yaqin yönalişlarga ötkazilgan.
Hududlar örtasida sezilarli farq bor
Hisobotda Farğona va Samarqand viloyatlarida qabul rejasi töliq bajarilgani körsatilgan. Buxoro va Andijonda bu körsatkiç 96 foizni, Jizzaxda 93 foizni, Namanganda 92 foizni taşkil etgan.
Qoraqalpoğistonda qabul rejasining bajarilişi 65 foiz, Xorazm viloyati va Toşkent şahrida 70 foiz, Navoiy viloyatida 72 foiz bölgan. Şu tariqa, hududlar örtasidagi farq 35 foiz punktga yetgan.








