Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrining Istiqlol köçasida tunda bir neça şaxslar drift qilayotgani haqida videolar tarqaldi. Poytaxt IIBB uşbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Joriy yilning 17 aprel kuni taxminan soat 22:30 larda Toşkent şahar, Yunusobod tumani, Istiqlol köçasida bir neçta avtomaşinalar drift qilib, xavfli vaziyatni yuzaga keltirgan. 

Natijada, 1999 yilda tuğilgan M.N. öziga tegişli “Nexia-3” rusumli avtomaşinasining rul boşqaruvini yöqotib, yöl çetidagi temir ustunga urilib töqnaşuv sodir etgan. 

Töqnaşuv natijasida haydovçi jarohat olmagan, lekin içki işlar organlariga xabar bermasdan, hodisa joyidan ketib qolgan.

Holat yuzasidan fuqaro M.N.ga nisbatan Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Huquqbuzarlikni sodir etgan qolgan avtomaşinalarni aniqlaş yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.