Ukraina tomonining bayonotlari

Ukraina muzokara delegatsiyasi rahbari David Araxamiya prezident maslahatçisi Mixaylo Podolyak bilan agar Rossiya tomoni iştirokni tasdiqlagan taqdirda birga Mariupol şahriga borib, joyida muzokaralar ötkazişga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Avvalroq Mixaylo Podolyak Mariupolda muzokara ötkazişga tayyor ekanligini ma’lum qilgan:

«Ha. «Heç qanday şartlarsiz. Mariupolda muzokaralarning maxsus raundini ötkazişga tayyormiz. Birga bir. Ikkiga ikki. Yigitlarimizni, azovçilarni, harbiylarni, fuqarolarni, bolalarni, tirik va yaralanganlarni olib çiqiş uçun. Barçani. Çunki ular bizniki. Ular yuragimda. Doimo», — deb yozgan Tvitterda Podolyak.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yaqin kunlarda Ukrainaga Fransiyadan qurol-yaroğ yetkazib berilişini xabar berdi.

Ötgan sutka içida Ukraina birlaşgan qurolli kuçlari narigi tomonning 9 ta hujumini bartaraf etgan. Ukraina armiyasi 34 nafar rus askarini yöq qilgan.

Yöq qilingan texnikalar içida bitta zenit raketali kompleks, bitta tank, bitta artilleriya tizimi, 10 birlikda zirhli texnika, 2 ta maxsus texnika, 2 ta avtomobil bor.

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlari Donbassda bitta qanotli raketa, 3 ta Orlan-10 pilotsiz uçar qurilmani urib tuşirişganini da’vo qilişgan.

Rossiya tomonining bayonotlari

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «DXR» va «LXR» aholisiga yordam qölini çöziş Rossiyaning Donbassdagi operatsiyasining asosiy maqsadi ekanligini ta’kidlab, «Moskva Donbassda tinçlik örnatadi», dedi.

Mariupolda 9 may kuni «Ölmas polk» aksiyasini ötkaziş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Ukrainada vatanga xiyonatda gumonlanayotgan Rossiya nazorati ostidagi şahar hokimiyati vakili xabar bergan.

Rossiya tovarlarning jahon bozoridagi taklifi sun’iy ravişda tiyib turilib, bu muvozanat buzilişiga va narxlarning keskin ösişiga sabab bölmoqda, degan RF moliya vaziri Anton Siluanov.

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov. Foto: tvc.ru

Rossiya TIV Kiyev va NATO «maxsus operatsiyaning faol fazasi»ni ataylab çözayotganini ta’kidladi. TIV maxsus vakili Mariya Zaxarovaga köra, buning oqibatida Kiyev RF bilan muzokara jarayonini çöziş va ustuvor masalalarda konstruktiv muloqotdan qoçişni maqsad qilgan. Moskva Kiyevni «RF bilan kelişuvlarning realistik variantlari»ni izlaşga çaqiradi.

Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konaşenkovning brifingida e’lon qilingan ma’lumotlar:

  • RF harbiy kosmik kuçlari ötgan sutka davomida Ukrainaning 73 ta harbiy obektlariga zarba berib, ikkita raketa-artilleriya qurol-yaroğlari va öq-dori omborini yöq qilgan;
  • Zarbalar natijasida 150 nafar askar yöq qilingan;
  • Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Donbassda ikkita Mi-8 vertolyoti va ikkita pilotsiz uçar qurilmani urib tuşirgan;
  • RF raketa qöşinlari kun davomida Ukraina QKning törtta boşqaruv punktiga zarba bergan;
  • Yuqori aniqlikdagi raketalar bilan Ukrainaning 12 ta harbiy obekti nişonga olingan.

Xalqaro hamjamiyatning reaksiyalari

BMT: 24 fevraldan 19 aprelga qadar BMT Ukrainadagi tinç aholidan 5121 nafar qurbonni hisoblagan: asosan artilleriya va aviazarbalar natijasida 2224 kişi öldirilgan, jumladan 173 nafar bolalar; 2897 kişi yaralangan, jumladan 280 nafar bolalar. Real yöqotişlar karrasiga köproq.

Ukrainadagi uruş natijasida mamlakat içidagi maktab yoşidagi 3 million bolalar öquv jarayonini yiğiştirişga majbur bölgan. BMTning «Barça uçun ta’lim» taşabbusi ukrainalik maktab öquvçilarini öqitişni qöllab-quvvatlaşga ahd qilgan, degan BMT taşabbusi direktori Yasmin Şerif.

Ötgan hafta içida Rossiya Ukrainaga 15 ta batalon guruhlarini kiritgan. Sönggi sutka içida yana 4 ta guruh kiritilgan, degan AQŞ Mudofaa vazirligining yuqori lavozimli vakili. AQŞning baholaşiça, ayni paytda Ukrainada Rossiyaning 82 ta batalon guruhi mavjud. Pentagon vakiliga köra, sönggi sutka içida kiritilgan tört guruhdan uçtasi şarqqa — Donbass tomonga yöl olgan.

Turkiya TIV rahbari Mavlud Çavuşöğli «Turkiya Putin va Zelenskiy örtasida vositaçi bölişga, hattoki ularning uçraşuvini taşkillaştirişga intilmoqda», degan. U şuningdek, NATO davlatlari içida «Ukrainadagi uruş davom etişidan» va «Rossiyaning kuçsizlanişidan» manfaatdor kuçlar borligini ham ta’kidlagan. Çavuşöğli Turkiyaning Rossiyaga qarşi sanksiyalarga qöşilişini kutmaslikka çaqirgan. Çunki, uning aytişiça, Anqara Moskva va Kiyev örtasida vositaçi rolini öynaşni maqsad qilgan.

Turkiya taşqi işlar vaziri Mahmud Çavuşöğli. Foto: 24.sapo.pt

Çavuşöğli Xitoyni agar u tomonlardan birini qöllaydigan bölsa Ukrainadagi voqealar rivojini bir özanga boşqara oladigan barqudrat davlat, deb atagan.

AQŞ, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya hukumati kritik infratuzilma obektlari uçun ogohlantiriş bilan çiqiş qilişdi. Ta’kidlanişiça, ular Rossiya bilan boğliq hakerlar nişoniga aylanişi mumkin.

Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Yevropa hozir xavf ostida ekanligini ta’kidladi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Fransiya va Yevropaning ayni damdagi vazifasi Ukrainadagi mojarolar yanada avj olişiga yöl qöymaslik ekanligini ta’kidladi.

Bloomberg naşri Ukrainaga bostirib kiriş böyiça yakuniy qarorni kimlar qabul qilgani haqida xabar berdi. Putindan taşqari Ukrainaga hujum qiliş masalasida RF mudofaa vaziri Şoygu, FXXning sobiq rahbari, ayni paytda RF Xavfsizlik Kengaşi kotibi Patruşev hamda RF QK Boş ştabi rahbari Gerasimov qöllaşgan.

Rossiyaga qarşi sanksiyalar

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi sanksiyalarning oltinçi paketini işlab çiqayotganini aytib ötdi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Flickr.com

«Biz buni bugun Şarl Mişel bilan muhokama qildik. Sanksiyalarni Rossiya harbiy maşinasozligi, umuman Rossiya davlatçiligi uçun çindan ham oğriqli bölişi ustida iş olib bormoqdamiz», — degan Zelenskiy.

AQŞ Rossiyaga qarşi sanksiyalarning yangi paketini joriy etdi. Sanksiya röyxatiga 40 ta yuridik, 29 ta jismoniy şaxs tirkaldi. Ularning orasida Rossiya Markaziy banki raisining örinbosari Kseniya Yudayeva, «Otkritiye» banki boşqaruvi raisi Mixail Zadornov, şuningdek, «Transkapitalbank» bor.

AQŞning yangi sanksiyalari Vaşingtonning RFga nisbatan çeklovlarini aylanib ötişga uringan şaxslarga nisbatan ham qaratildi. AQŞ Moliya vazirligi Davlat departamenti tomonidan 635 nafar Rossiya fuqarosiga nisbatan viza çeklovlari joriy etilganini e’lon qildi.

AQŞ eng yirik kriptovaluta mayningi markazi Bitriver’ga nisbatan sanksiya joriy etdi. Markaz Bratsk alyuminiy zavodi va Bratsk GESi yonidagi binoni ijaraga olib işlaydi. Bitriver oligarx Oleg Deripaska bilan boğliq.

Rossiya banklariga nisbatan sanksiyalar joriy qilinib, MasterCard, Visa va SWIFTdan uzilgaç, Rossiyada Xitoyning UnionPay kartoçkalari tizimiga ulaniş va joriy etiş ğoyasi ilgari surilayotgan edi. Biroq UnionPay sanksiyaga tuşgan Rossiya banklari uçun kartoçka çiqarib bermasligini e’lon qildi.

Estoniya 9 may bayramini nişonlaş doirasida SSSR va Rossiya ramzlaridan foydalanişga taqiq joriy etdi.

Çexiya Milliy banki Sberbank Europe guruhiga kiruvçi Sberbank CZ bankining litsenziyasini çaqirib oldi.

Hindistonning Tata Steel pölat eritiş kompaniyasi Rossiya bilan hamkorlikni bas qilmoqda.

Rossiyalik va belaruslik tennisçilarga «Uimbldon» turnirida iştirok etiş rasman taqiqlandi.

Qoratoğda Rossiyaning davlat propagandistik Russia Today va Sputnik kanallari öçiriladigan böldi.

Kutilmalar va rejalar

Moskva ikkitomonlama kanallar orqali Şvetsiya va Finlandiyani NATOga a’zo böliş oqibatlaridan ogohlantirgan.

BMT Boş assambleyasida veto huquqi böyiça ovoz beriş kelgusi haftada ötkazilişi kutilmoqda, degan Lixtenşteynning doimiy vakili.

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Rossiya energiya taşuvçilarini xarid qilişni tobora qisqartirib, Rossiyaga energetik qaramlikni kamaytirişda davom etişadi, degan Jozep Borrel.

G7 davlatlari Ukrainaga 5 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam jönatişadi.

Fransiya prezidentligiga nomzod Marin Le Pen Rossiyadan gaz va neft embargosiga qarşi çiqdi.

Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Germaniya 2022 yil oxiriga borib Rossiyadan neft import qilişni bas qilişni, 2022 yil yozi söngiga borib Rossiya kömiridan ham voz keçişini aytib ötdi.

Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok. Foto: agrarszektor.hu

AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yana 800 million dollarlik qurol-aslaha jönatiş böyiça topşiriq berdi.

Britaniyalik taniqli arxitektor Norman Foster uruşdan söng Xarkov şahrini tiklaşda iştirok etişga tayyor ekanini ta’kidladi.