Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi innovatsion öquv-işlab çiqariş texnoparklari faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Toşkent şahrida barpo etilgan “INNO” innovatsion öquv-işlab çiqariş texnoparki Namangan, Buxoro, Jizzax va Nukus şaharlarida 2023-2026 yillarda bosqiçma-bosqiç taşkil etiladi. Bunda, 8 ta startap-akselerator, 4 ta biznes-inkubator, 4 ta işlab çiqariş maydonlari, 12 ta kovorking markazlari faoliyati yölga qöyiladi.

Taşkil etiladigan Texnoparklar mahalliy budjet hamda Özbekiston ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.

Belgilanişiça:

  • texnoparklar rezidentlari innovatsion mahsulotlar işlab çiqarişni rivojlantiriş uçun eng qulay şaroitlarni yaratiş maqsadida Özbekiston hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida joylaştiriladi;
  • texnoparklarni quriliş va jihozlaş xarajatlari 90 foizi Özbekiston ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi, 10 foizi Qoraqalpoğiston respublika budjeti va tegişli viloyatlar mahalliy budjetining mablağlari hisobidan qoplanadi;
  • texnoparklarga har yili “Bölajak olim” tanlovi doirasida ajratiladigan mablağlarning 30 foizdan kam bölmagan miqdori startap loyihalarni e’lon qiliş, körib çiqiş, tanlab oliş va muvaffaqiyatli loyihalarni moliyalaştiriş uçun yönaltiriladi.