Toşkent şahrida 19,9 mlrd söm byudjyet mablağining talon-toroji foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, departament tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “Hududgazta’minot” AJ va “Texnopark” MÇJning mas’ul şaxslari hamda boşqalar özaro til biriktirib, göyoki elektron gaz hisoblagiçlariga texnik xizmat körsatiş maqsadida 19 mlrd söm byudjyet mablağlarini özlaştiriş yoki rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

 Şuningdek, “Texnopark” MÇJ tomonidan işlab çiqarilgan va “Hududgazta’minot” AJ tomonidan iste’molçilarga örnatilgan 273 dona gaz hisoblagiç körsatkiçlarining kam hisoblangani oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 861,1 mln söm zarar yetkazilgan. 

 Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda.