14 fevral kuni prezident Şavkat Mirziyoyev 1 mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlarni töliq bartaraf etiş borasida topşiriq bergandi. Bir haftadan keyin bu muhlat tugaydi, eng xaridorgir avtomobillar uçun navbatlar esa hali ham yarim yilga çözilmoqda.
Rasmiy statistika ötgan 3 oyda 65 ming 26 ta avtomobil işlab çiqarilganini körsatmoqda. Ötgan yilning şu davrida esa UzAuto Motors 44 ming 400 dona avtomobil işlab çiqargan. Işlab çiqariş ötgan yilga qaraganda 68 foizga ösganiga qaramay, hamon pandemiyadan oldingi davr körsatkiçiga çiqilgani yöq. 2020 yil birinçi çoragida 75 ming 600 ta avtomobil işlab çiqarilgan va bu 2022 yildagiga qaraganda 10 mingtaga köp.
Uzavtosavdo_bot ma’lumotlariga tayanilsa, 23 aprel holatiga köra, 50 foiz puli oldindan tölab qöyilgan va işlab çiqarilişi kutilayotgan avtomobillar soni 63 ming 62 tani taşkil etmoqda.
Bulardan:
- Cobalt uçun – 16 593
- Lacetti uçun – 38 408
- Traverse uçun – 92
- Tahoe-2 uçun – 52
- Damas-2 uçun – 7917 ta buyurtma berib qöyilgan.
- Nexia-3 va aksar özbekistonliklar uçun narxi qimmat bölgan Malibu-2, Equinox, Trailbazer avtomobillari uçun esa navbatlar yöq.
22 aprel kuni bölib ötgan matbuot anjumanida UzAuto mas’uli Kun.uz’ning navbatlar borasidagi savoliga javob bermadi.
Kompaniya matbuot xizmati rahbarining sayt muxbiriga ma’lum qilişiça, hozirda Gentra navbatlar masalasida eng muammoli avtomobil bölmoqda. «Cobalt juda tez çiqyapti. Gentra eng muammoli, negadir hamma Gentra xohlayapti», dedi u.
UzAuto mas’uli navbatlarni bartaraf etiş haqidagi savolga aniq javob bermadi.
Hozirda Gentra avtomobili uçun dekabr oyi oxiriga, Cobalt uçun oktyabr oyi oxiriga, Damas uçun esa avgust oyi oxiriga şartnomalar tuzilmoqda.











