Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bolalar orasida noma’lum turdagi ötkir tusli gepatitga çaliniş bilan boğliq 169ta holatni qayd etdi.
Xabar qilinişiça, kasallik oqibatida bir nafar bola vafot etgan, 17 nafariga jigar köçirib ötkazilişi talab qilingan.
Gepatitning yangi turi 1 oylikdan 16 yoşgaça bölgan bolalarda aniqlangan.
Eng köp holatlar Buyuk Britaniyaga töğri keladi (114), 13 nafar bola Ispaniya, 12 nafar Isroilda, töqqiz nafar AQŞda uşbu xastalikka çalingan.
Şuningdek, Irlandiya (5), Niderlandiya va Italiya (4tadan), Norvegiya va Fransiya (2tadan) hamda Ruminiya va Belgiyada (1tadan) noma’lum turdagi gepatitga çaliniş holatlari aniqlangan.
Taşkilot xabarida aytilişiça, birorta ham holatda ötkir tusli gepatitni çaqiruvçi viruslar (A, V, S, D va E gepatiti viruslari) aniqlanmagan.
Dastlabki holatlar aprel boşlarida qayd etilgan. 5 aprelga kelib, Şotlandiyada ön yoşdan kiçik bolalar orasida öndan ortiq kasallaniş holatlari aniqlangan.












