Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti davomida u va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy örtasida uçraşuv taşkil etiş taklifini bildirdi.

"Prezident Erdöğan Rossiya va Ukraina örtasida rahbarlar darajasida muhim bosqiç bölgan Istanbul jarayonini taşkil etiş taklifini yana bir bor takrorladi", - deyiladi Turkiya prezidenti devonxonasi xabarida.

Erdöğan şuningdek, Anqara Ukrainada mustahkam tinçlik örnatilişi uçun bor imkoniyatlarini işga solişda davom etişini aytdi.

Turkiya prezidenti Ukraina va Rossiya delegatsiyalari maslahatlaşuvlarida ijobiy natijaga erişilganini qayd etdi.

Aprel boşlarida Erdöğan Putin bilan telefon orqali suhbatlaşgan, Turkiya Rossiya va Ukraina rahbarlarining uçraşuvini taşkil etişga tayyorligini bildirgandi.