Turkiya va Ozarboyjon - şodligu qayğuda birga bölgan ikki qardoş davlatdir. Bizning iliq munosabatlarimiz, birdamligimiz va qardoşligimizga heç kim soya sololmaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Ozarboyjondan qaytiş çoğida samolyot bortida jurnalistlarga maʼlum qildi.
«Birodarim Ilhom Aliev bilan bir-birimizni bağrimizga bosib, örtadagi soğinç örnini töldirdik. Turkiya va Ozarboyjon orasiga nifoq solişga urinayotganlar bekorga kuç sarflamoqda. Mamlakatlarimizni bir-biridan ajratmoqçi bölganlar xalqlarimizning özaro muhabbati, çuqur tarixiy riştalari va bukilmas irodasini hisobga olmayaptilar», - dedi u.
Prezidentning taʼkidlaşiça, Turkiya va Ozarboyjon munosabatlari joriy siyosiy bahslar va ijtimoiy tarmoqlardagi kampaniyalar doirasidan ança keng bölib, tölaqonli birdamlik, muştarak taqdir hamda qardoşlik riştalariga tayanadi.
Kontekst
Sentabr oyida Ozarboyjonda maktab formasi böyiça yangi talablar kuçga kirdi. Şundan söng, qoidaga muvofiq kiyinmagan qizlar darslarga kiritilmadi. Erdöğan BMT Boş Assambleyasida mamlakat nomini tilga olmagan holda bunday taqiqlarni qoraladi va Boku buni öz şaʼniga qaratilgan taʼna sifatida qabul qildi.
Keyinçalik vaziyat yanada keskinlaşdi:
2-oktabr kuni Aliev Ozarboyjonga heç kimning homiyligi ham, uning içki işlariga aralaşuvi ham kerak emasligini bildirdi.
12-oktabr kuni Ozarboyjon IIV yangi qoidalarga qarşi norozilik namoyişlarida 37 kişi qölga olingani haqida xabar berdi. Öşa kuni Erdöğanning boş maslahatçisi Öqtay Saral Ozarboyjondagi hodisalarni oçiqçasiga qoraladi, hukmron «Yangi Ozarboyjon» partiyasi esa uning sözlarini populistik va masʼuliyatsiz deb baholadi.
21-oktabr kuni Ozarboyjon Turkiyaning 31 nafar fuqarosiga mamlakatga kirişni taqiqladi, ular orasida «Yangi farovonlik» partiyasi yetakçisi Fotih Erbaqan ham bor edi.








