Qömita ma’lumotlariga köra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida Özbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.
3 oyda Özbekiston yengil avtomobillarni eng köp import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakçilik qilyapti – 4482 ta maşina. Keyingi örinlardan mos ravişda 2101 ta va 1019 ta «inomarka» olib kelingan Koreya hamda Qozoğiston joy oldi.
Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça körinişga ega:
- Rossiya – 741 ta;
- AQŞ – 70 ta;
- Yaponiya – 27 ta;
- Germaniya – 23 ta;
- Tailand – 10 ta;
- BAA – 9 ta;
- Hongkong – 7 ta.
Bundan oldin Özbekistonga yengil avtomobillar importi 2,7 barobarga oşgani xabar berilgandi.












