Prezidentning “Qoraqalpoğiston Respublikasida sanoat mahsulotlari işlab çiqarişga yönaltirilgan “Nukus” texnoparkini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Toşkent şahar hokimligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligining:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahrida, “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi 30 gektar yer maydonida sanoat mahsulotlarini işlab çiqarişga yönaltirilgan “Nukus” texnoparkini taşkil etiş;
  • texnopark faoliyatini boşqariş “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasiga yuklatiş takliflari ma’qullanadi.

Texnopark hududi çegaralari ilovaga muvofiq tasdiqlanadi hamda mazkur hudud “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi hududi çegarasidan çiqarib taşlanadi.

Texnopark faoliyatining asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:

  • yuqori qiymatga ega bölgan, taşqi bozorda xaridorgir va import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqarişni taşkil etiş uçun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb qiliş;
  • xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor, atrof-muhit muhofazasini ta’minlaşga qaratilgan va ekologik xavfsiz işlab çiqariş quvvatlarini barpo etiş;
  • respublikada işlab çiqariş va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanişni ta’minlaş orqali mahsulot eksport salohiyatini oşiriş maqsadida hududda işlab çiqarişni kengaytiriş;
  • texnopark iştirokçilari örtasida va butun respublika miqyosida mustahkam sanoat kooperatsiyasi aloqalarini örnatiş orqali mahalliy xomaşyo va materiallar asosida yuqori texnologik mahsulotlar işlab çiqariş va mahalliylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş;
  • texnopark iştirokçilari uçun yagona işlab çiqariş infratuzilmasini, şuningdek sertifikatlaş, laboratoriya, kadrlar tayyorlaş va boşqa zarur xizmatlarni körsatiş infratuzilmasini yaratiş.