Britaniya Virgin orollari boş vaziri Endryu Faxi va Karib hududi portlari direktori Oleanvin Meynard AQŞdagi Mayami aeroportida qölga olindi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

Xabarga köra, ular aeroportda meksikalik narkosavdogarlar bilan uçraşişi kerak bölgan. Aeroportda boş vazir va direktorni giyohvandlik moddalariga qarşi kuraşiş boşqarmasi agentlari qarşi olgan. 

Endryu Faxi Kolumbiyadan Mayami va Nyu-Yorkka kokain olib ötişda yordam bergani uçun 700 ming dollar pul olişi kerak bölgan. Faxi va Meynard giyohvand moddalar kontrabandasi va pul yuvişda ayblanmoqda. 

Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Liz Trass mazkur voqeadan dahşatga tuşganini aytdi. 

Trass Britaniya Virgin orollari gubernatori bilan muloqot qilgani, gubernator zudlik bilan vazirlar mahkamasi yiğilişini çaqirişga va’da berganini ma’lum qildi.