Bu yil Özbekiston xurmo importini ötgan yilga nisbatan 478 tonnaga oşirgan. Demak, bu quruq mevaga bölgan talab tobora kuçayib, xurmo biznesi ham rivojlanib bormoqda.

Tarmoq ta’sisçilaridan biri Nodirjon Sobirov “TOP oziq-ovqat” loyihasi bilan suhbatda biznesga kirib kelişi, “Ajva” xurmo marketlari tarmoğining yaraliş tarixi haqida gapirib berdi.

“Ahamiyat bergan bölsangiz, biznesga özi köpçilik yoşlikdan kirib kelgan böladi, biz ham asosan yoşlikdan boşlaganmiz. Dastlab, oziq-ovqat dökonini yuritganmiz va bu keyinçalik oilaviy biznesga aylanib ketgan. Söng quruq mevalar biznesini boşlaganmiz.

Mutaxassis bölmagan odam quruq mevalar sohasining öziga xosliklaridan bexabar böladi, ya’ni yeb körib mazasini aytişi mumkin, lekin uning sifati alohida masala. Biz quruq mevalar eksportini yölga qöyib, asosan Xitoy bilan işladik. Lekin orada pandemiya sababli işimiz töxtab qoldi. Heç bir iş behikmat bölmas ekan, qaysi davlatga endi eksport qilamiz dedik va Saudiya Arabistonini öylab körib, ularga namuna yubordik. Mahsulotimiz ularga yoqdi va Saudiyaga eksport qilişni boşladik.

Şundan söng Saudiya Arabistonidagi hamkorlarimizning özi bizga taklif bilan çiqdi, ya’ni özlarining mahsulotlarini bizga eksport qilişni taklif qilişdi. Şundan söng bu yönalişni atrofliça örganib çiqdik va şu kungaça şu yönalişga yetarliça qiziqiş bölmaganini, aynan şu omil bizga qöl kelişini bildik.

Qöl keliş deganida faqat foyda közlanmagan, gap aynan xurmoda: biz xalqimizga tabiiy va foydali mahsulotlar yetkazib berişni maqsad qilganmiz.

Faoliyatimizni boşlaşimizdan oldin Özbekistonda asosan Eron, Tunis va Falastin xurmolari sotilgan. Eron xurmolarini ham xalqimiz ajva navi deb iste’mol qilib kelgan. Biznes boşlaşdan oldin, avvalo şu işning egalariga murojaat qilişdan boşlaganmiz”, – deydi tadbirkor.

Nodirjon Sobirovdan mahsulotni ulgurji narxda sotib olmoqçi bölganlarga qançalik arzonga berişi haqida söradik.

“Bizning dökonlarimizda narxlar bozor narxlaridan pastroq. Çakana savdoda ham ulgurji narxda, iloji boriça donada ham sotişga haraqat qilamiz. Urgurji savdo uçun mahsulot miqdoriga qarab 10 foizgaça çegirma qilib beramiz. Çegirma miqdori asosan mahsulot turiga boğliq. Agar kiloga hisoblaydigan bölsak, 100 kiloga 10 foiz çegirma qilib beramiz”, – deydi u.

Suhbatdoşimizning aytişiça, mahsulot sifatini saqlab qoliş maqsadida xurmolar Saudiya Arabistonning özida “Ajva” brendi nomi bilan qadoqlanadi va Özbekistonga tayyor holatda keladi.

Köpçilik sevib iste’mol qiladigan nav – ajva, lekin bundan taşqari xurmoning sukkari, medjul va sukkari rutobi turlari ham jahonda maşhur. Sukkari ham birinçi dovça körinişida bölib keyin örik holatiga ötadi, örik holatiga ötgani rutob deyiladi, ya’ni uşbu nav yumşoq böladi, bizgaça sukkarining turşak holati yetib keladi. Mahsulotlarning yaroqlik muddati agar töğri saqlansa örtaça 2 yilga yetadi.

Hozirgi kunda “Ajva” xurmo marketi tarmoğining jami 13 ta xizmat körsatiş şoxobçalari mavjud bölib, ularda quruq meva va xurmo navlarining deyarli hamma turlari bor.

Körsatuv yakunida xurmoning eng sara va yaxşi navlarini degustatsiya qilib körişga ham qaror qildik. Bu haqda batafsil töliq videoni tomoşa qiliş orqali tanişişingiz mumkin.

“Ajva” xurmo marketi bilan aloqa: +99871 230 7040

Telegram: t.me/ajva_uzb