Sohibjamol Kattayeva – 24 yoşda, u 1 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan “Factor books” naşriyoti direktori. Kitoblar orqali millatni ziyoli qilişni asosiy maqsadlaridan biri deb biladi. Sohibjamol – “Mikrofon qizlarda” ruknining navbatdagi qahramoni.
Jurnalistikaga kiriş va jurnalistikadan soviş
Surxondaryo viloyati Termiz şahridanman. Ziyoli oila farzandiman: oilada xohişlarimiz hamişa hurmat qilingan.
Yaqin qarindoşlarimiz orasida birinçi bölib Toşkentga öqişga kelişni qat’iy maqsad qilgandim. Boşida uydagilarim Toşkentga borişimga qarşi bölişdi, biroq keyin qöllab-quvvatlaşgan. Şunday qilib Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetiga öqişga kirdim. Fakultetimizda amaliyotga alohida ahamiyat berilardi, şuning uçun 2-kursdan boşlab “Jamiyat” gazetasiga amaliyotga bora boşlaganman. Bu yerda jurnalistik materiallar tayyorlaş bilan birga grafik dizaynni ham örgandim.
3-kursda esa ma’lum muddat internet jurnalistikasida işlab özimni sinab kördim. Garçi jurnalistik material tayyorlaş uçun salohiyatimni yetarli deb bilsam-da, jurnalistga xos xarakter özimda yöq ekanini sezib, bu kasbdan soviş paydo bölgan.
Şundan söng oldin qiziqiş, hunar deb bilgan dizayn sohasi köproq men uçun ekanini anglaganman.
Dizayndagi ilk faoliyat
Mana şundan keyin jurnal tahririyatiga işga kirib, ularni dizayn qiliş bilan band böldim. Jurnallar dizayniga özgartiriş kiritişga harakat qilganman. Biroq men jurnalda dizayndan boşqa kattaroq muammolar borligini, bosma naşrlarni yetkazib berişda katta muammolar borligini anglaganman. Bosma naşrlarni Özbekiston böylab tarqatişni yölga qöyişga oid loyiha işlab çiqib, ustozlarga körsatgandim, biroq ular buni unçalik qöllab-quvvatlaşmagan.
Hozir ham naşrlarni tarqatiş bilan şuğullanuvçi logistika markazi oçiş rejalarimda bor.
“Toşkentga qaytmaysan”, deyişgandi...”
Bakalavrni tugatayotgan yilim karantin boşlanib, uydagilar Termizga qaytişimni qat’iy talab qilişgan. Öqişlarimiz ham onlayn tugadi. Men esa Termizda qoldim. Biroq magistraturaga öqişga topşiriş va Toşkentga qaytiş niyatim bor edi. Şuning uçun heç kimga aytmasdan Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutining dizayn, matbaa sohasiga aloqador yönalişiga hujjat topşirib, öqişga qabul qilindim.
Bir neça oylik onlayn darslardan söng öqişlar an’anaviy şaklga ötgani bahonasi bilan yana Toşkentga keldim va şu yerda bosmaxonada dizayner sifatida işlay boşladim.
Mustaqil naşriyot oçdim
Bu yerdagi faoliyatim davomida bosmaxona töliq işlaşi uçun öz mustaqil naşriyoti ham bölişi kerakligini tuşunganman va buni bosmaxona direktoriga taklif qildim. Buni qiliş menga topşirildi. Qisqa paytda oldin bor bölgan firmani qaytadan röyxatdan ötkazib işlarni boşlab yubordik. Naşriyot töliq röyxatdan ötkazilib ulgurmasdan ilk marta turk tilidagi kitobni tarjima qilib çop etiş işlarini boşlab yuborgandik. Marketing va sotuv işlari bilan ham özim şuğullandim.
Bir neça oydan söng ustozlarimdan biri kömagida naşriyotimiz bosmaxonadan mustaqil bölib ajralib çiqdi. Şahar markazidagi qulay ofisga joylaşib iş boşladik. Hozirgaça 15 ta kitob çop etişga ulgurdik.
Naşriyot ilk iş boşlaganda xodimlar yöqligi sababli hamma vazifani özim qilişimga töğri kelgan: muharrir, korrektor, sahifalovçi dizayner, marketing menejyeri, ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilgan sörovlarga javob beruvçi administrator, kurer, xullas, hamma işni qildim. Hozir naşriyotda 10 nafar xodim işlayapti, vaqtida ular bajarayotgan işlarni qilib körganim uçun işni baholaş, dedlayn qöyiş kabilarda menga juda asqatyapti.
Xususiy universitet oçiş rejasi
Mening rejalarim naşriyot oçib kitob çiqarişdan taşqari turli kitobxonlik loyihalarini ham doimiy taşkillaştirib boriş edi. Hozir imkon boriça mana şu usulda işlayapmiz, özimizga tegişli loyihalarimiz bor.
Naşriyot işini boşlaganimda katta pul topişni maqsad qilmaganman. Şuning uçun ortiqça daromadimiz köproq bölsa, uni, albatta, yangi loyihalarga sarflaşga harakat qilaman.
Naşriyotdan taşqari logistika markazi, öquv markazi, xususiy maktab oçişni reja qilganmiz. Bu rejalarni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş orqali esa eng asosiy maqsadim – xususiy universitet oçiş.
Eng muhimi, Allohdan millatga ma’rifat ulaşadigan yölda bölişni sörayman.
Zilola Ğaybullayeva suhbatlaşdi.











