Oliy ta’lim muassasalariga kiriş uçun berilgan imtiyozlarni xatlovdan ötkazib, ularni qayta körib çiqqan holda yagona hujjatda qat’iy röyxatini şakllantiriş hamda uşbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik töğrisidagi qoidani belgilaş rejalaştirilmoqda.
Bunda:
- oliy ta’lim muassasalariga öqişga kirişda imtiyozlar berişni töliq raqamlaştiriş hamda elektron platforma orqali amalga oşirilişini yölga qöyiş;
- öqişga kirişda imtiyozlar berişning şaffof tartibini belgilaş közda tutilgan.
Oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar turar joylari (yotoqxona) bilan ta’minlaş va talabalarni joylaştirişning elektron tizimini joriy etiş ham möljallangan.
Şuningdek, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat uluşi bölgan korxonalar balansidagi tovar-moddiy boyliklarni xatlovdan ötkaziş hamda ularni taşkilot balansidan çiqarişning oçiq va şaffof elektron mexanizmini işlab çiqiş közda tutilmoqda.












