Putin «paşşa ham uçib ötmasligini» buyurgandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 aprel kuni Sergey Şoygu bilan Kremlda uçraşgan va «Azovstal» zavodi hududida harbiy harakatlarni töxtatişga buyruq bergandi. «Yertölalarda emaklaş şart emas. Hududni bloklang, şunday qilingki, paşşa ham uçib ötolmasin», degandi Putin.

Putin harbiy harakatlarni töxtatişga buyruq bergan bölsa-da, zavod hududida bir neça marta otişma sodir böldi, zavoddan portlaş alomati bölgan qora tutun çiqdi. Rossiya tomoni «Azovstal» hududida bir neça marta gumanitar koridor uçun öt oçiş rejimi töxtatilganini e’lon qilganining özi harbiy harakatlar töxtatilmaganidan dalolat edi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu 4 may kuni çiqiş qilib, Mariupol töliq Rossiya armiyasi nazoratiga ötganini navbatdagi marta ma’lum qildi. «DXR va LXRning millatçilardan ozod qilingan joylarida, xususan, Mariupolda ham odamlar tinç hayot tarziga qaytdi. Hudud Rossiya armiyasi nazoratida», dedi Şoygu. Uning aytişiça, «Azovstal» zavodi hududida qolayotgan ukrain harbiylariga qurolni taşlab, taslim böliş yana bir bor taklif etilgan, ammo ular taklifni rad etgan.

Şoygu Putinning topşiriğiga binoan «Azovstal» zavodi töliq bloklangani, Ukraina armiyasiga yordam beriş uçun mamlakat hududiga kirgan har qanday NATO transporti yöq qilinişini aytdi.

Zavod hududi bloklangan bölsa ham, u yerdan tinç aholi vakillarini olib çiqiş davom ettiriladi. Rossiya tomonining ma’lum qilişiça, 5, 6 va 7 may kunlari soat 08:00 dan 18:00 gaça «Azovstal»dan tinç aholi vakillari evakuatsiya qilinişiga imkon beriladi.

Ukraina tomoni ma’lumoti

Ukraina tomonining axborotiga köra, Rossiya armiyasi askarlari «Azovstal» hududiga kirgan. Ikki tomon muzokaralaridagi Ukraina tomoni yetakçisi David Araxamiya ham bu ma’lumotni tasdiqladi. Kunning birinçi yarmida zavod hududida qolayotgan ukrainalik harbiylar bilan aloqa uzilib qoldi. Bu haqda Mariupol meri Vadim Boyçenko ma’lum qildi. Bir neça soat ötib esa harbiylar yana aloqaga çiqqan. Ukraina tomonining ma’lum qilişiça, oxirgi ikki kunda «Azovstal»ga şturm yana davom ettirilgan. Hozirda zavod yertölalarida 200 dan ortiq tinç aholi vakillari bölib turibdi.

Ukrainalik harbiylarning ma’lumot berişiça, rossiyalik askarlar «Azovstal» zavodini egallaş uçun navbatdagi marta şturmni boşlagan vaqtda tanklar va piyoda askarlar bilan harakat qilgan. Ular Rossiya tomonini evakuatsiya jarayoniga xalaqit berişda ayblagan. Ukraina harbiylariga köra, zavod yertölasida joylaşgan gospital bombardimon qilingaç, u yerda qolayotgan odamlar qiyin holatda qolgan. Tibbiyot vositalari yetişmovçiligi ham kuzatilmoqda. Ukraina harbiylariga köra, zavod hududida 500 nafarga yaqin harbiylar turli darajada yaralangan. Ularni operatsiya qiliş uçun esa heç qanday şaroit yöq. Rossiya armiyasi ukrain harbiylariga taslim bölib, qurollarni topşirgan taqdirdagina kerakli tibbiy yordam körsatişini ma’lum qilgan.

Oziq-ovqat va suv bilan boğliq muammo zavod hududida ançadan buyon davom etmoqda. Ukraina armiyasi Rossiya tomoni töliq nazorat qilayotganini aytgan bölsa-da, Mariupolning kamida 30 foiz qismini nazorat qilişda davom etayotganini ta’kidlagan.

Mariupol yangiliklarini berib borayotgan ukrain tilidagi Telegram-kanallarda 3 may kuni «Azovstal» zavodi hududida harbiy harakatlar sodir bölgani aks etgan videolar tarqaldi. Ularda zavod atrofida Rossiya armiyasi tanklari harakatlanayotganini ham köriş mumkin.