Ukrainani 24 fevraldan 5 maygaça 5 mln 707 ming 967 nafar kişi tark etdi, deb xabar berdi BMTning qoçqinlar böyiça oliy komissari boşqarmasi.

Ma’lumot berilişiça, Ukrainani tark etganlarning yarmidan köpi Polşadan boşpana topgan.

Polşaga 3 mln 119 ming 196, Ruminiyaga – 854 ming 292, Rossiyaga - 714 ming 713, Vengriyaga – 545 ming 311, Moldovaga – 450 ming 797, Slovakiyaga – 388 ming 282, Belarusga – 25 ming 852 nafar qoçqin ötgan.

Qayd etilişiça, 18 fevraldan 23 fevralgaça Rossiyaga Donetsk va Lugansk oblastlaridan 105 ming kişi ötgan.