2022 yilning 5 may kuni özbek-qirğiz davlat çegarasining Namangan viloyati Yangiqörğon tumani, Oqtom qişloği hududidan ötgan qismida bir guruh noma’lum şaxslar tomonidan Özbekistondan Qirğizistonga noqonuniy ravişda köp miqdordagi tovar-moddiy boyliklarini olib ötilayotgani özbek çegara naryadlari tomonidan kuzatilgan va uşbu qonunbuzarlikni oldini oliş böyiça çoralar körilgan.

Qayd etilişiça, çegara naryadi tomonidan davlat çegarasi buzğunçilarini qölga oliş vaqtida, qoidabuzarlarning bir guruhi harbiy xizmatçilarga nisbatan qarşilik körsatib, kuç işlatib, tan jarohatlari yetkazgan va qurollarni olib qöyişga harakat qilgan.

Uşbu holatda harbiy xizmatçilar qonunçilikda belgilangan tartibda qurol qöllaşga majbur bölgan. Natijada, 3 nafar şaxslar yaralanib, ularning jinoiy şeriklari tomonidan Qirğiziston hududiga olib ketilgan.

Hodisa tafsilotlarini aniqlaş maqsadida, 5 may kuni Özbekiston va Qirğizistonning hudud böyiça çegara vakillari örtasida uçraşuv ötkazilgan. Şuningdek, 6 may kuni Farğona vodiysi yönalişi böyiça va Qirğizistonning Jalolobod viloyati böyiça çegara vakillarining uçraşuvi bölib ötgan.

Hozirda har ikki tomon holat böyiça tekşiruvlarni davom ettirayotgani, çegarada vaziyat barqaror ekani aytiladi.

Holat yuzasidan Özbekistonning tegişli huquqni muhofaza qiluvçi idoralari tomonidan 2022 yilning 6 may kuni Özbekiston Jinoyat kodeksining 223-moddasi (“Qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekistonga kiriş”) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin Özbekiston-Qirğiziston çegarasida uç nafar qirğizistonlik halok bölgani haqida xabarlar tarqalgan edi.