Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida 68 905 dona yengil avtomobillar işlab çiqarilgan. 

Qayd etilişiça, yengil avtomobillar işlab çiqariş hajmi 2021 yilning mos davri bilan soliştirilganda 24 451 taga oşgan.

2022 yilning yanvar-mart oylarida Özbekiston Ozarboyjon, Tojikiston, Koreya va Livanga 58 dona yengil avtomobillarni eksport qilgan. 

Ma’lum qilinişiça, bu körsatkiç 2021 yilning mos davri bilan soliştirilganda 8 763 taga kamaygan.

2022 yilning yanvar-mart oylarida Özbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 189,3 mln AQŞ dollariga teng bölgan 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan. 

Yengil avtomobillar importi 2021 yilning mos davri bilan soliştirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oşgan.

Bundan taşqari, Özbekistonga 3 oyda 455 ta elektromobil import qilingan. Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 barobarga oşgan.

Bundan oldin «inomarka»lar asosan qaysi davlatlardan olib kelinayotgani ma’lum qilingandi.