YeI töqqiz oy içida Rossiya neftiga töliq embargo joriy qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda iqtisodiyot masalalari böyiça yevrokomissar Paolo Jyentiloni ma’lum qildi.
«Taklifimiz —turli neft mahsulotlariga töqqiz oy davomida embargo joriy etiş. Agar buni qisqaroq muddatlarda amalga oşirsak, xalqaro neft narxi uçun oqibatlar kelib çiqişi mumkin, bu esa maqsadlarimizga zid böladi», — dedi u.
Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen YeI Rossiya xom neftidan olti oy içida voz keçiş va 2022 yil oxiriga borib neft mahsulotlari importini taqiqlaşni rejalaştirganini aytgandi.
YeIning bu taklifini Vengriya, Çexiya, Slovakiya va Gretsiya qöllab-quvvatlamadi. Vengriya boş vaziri Viktor Orban Rossiya energetikasidan voz keçiş uçun mamlakatga beş yil kerak bölişini aytdi.












