AQŞda doimiy yaşaş huquqini beruvçi DV dasturi natijalari bugun, 7 may kuni Toşkent vaqti bilan soat 21:00da e’lon qilinadi. Natijalarni dastur rasmiy saytida (dvprogram.state.gov), “Check Status” bölimiga kiriş, söng “Continue” tugmasini orqali tekşiriş mumkin.

Foto: Photographer is my life / Getty Images

Odatda har yili natijalar e’lon qilinganidan keyingi soatlarda dastur rasmiy saytiga butun dunyo böylab juda köp insonlar bir vaqtda kirişga urinadi, natijada sayt işida texnik muammolar kuzatilişi mumkin.

Arizaçilar öz arizalarining javobini 2022 yil 30 sentabrga qadar yuqoridagi manzil orqali körişlari mumkin. Bunda quyidagilarni kiritiş zarur:

  1. Arizaning tasdiq kodi (onlayn anketa töldirilganidan keyin berilgan 16ta belgi (harf va raqamlar)dan iborat kod);
  2. Arizaçining familiyasi (faqat familiya, anketada yozilgani bilan bir xil şaklda bölişi lozim);
  3. Arizaçining tuğilgan yili (faqat yil körsatiladi);
  4. Saytda körsatilgan suratdagi harf va raqamlar (saytdan kompyuter-robot foydalanmayotganini tasdiqlaş uçun).
Ariza natijasini tekşiriş uçun dvprogram.state.gov saytiga kirib, boş sahifadagi "Check Status" bölimini oçiş, şundan söng "Continue" tugmasini bosiş zarur.
Törtta punktga ma’lumotlar kiritilgaç, "Submit" tugmasi bosiladi

Yuqoridagilar kiritilganidan keyin oçiladigan sahifada, agar arizaçi ğolib deb topilgan bölsa: “You have been randomly selected…” (Siz ... uçun tasodifan tanlab olindingiz) deb boşlanuvçi matn körinadi.

Sahifada boş harflar bilan “… HAS NOT BEEN SELECTED” ([arizangiz] tanlab olinmadi) degan yozuv çiqsa, bu arizaçining lotereyada omadi çopmaganini bildiradi.

DV-2023 dasturi uçun arizalar 2021 yil 6 oktyabrdan 9 noyabrgaça qabul qilingan edi.

Bu kunni millionlab özbekistonliklar kutadi

Eslatib ötamiz, Özbekiston – aholisi eng köp grin-karta öynaydigan davlatlar röyxatida turadi. 2017 yilda Özbekistonning 1,8 million fuqarosi DV dasturida qatnaşgan.

2016 yil may oyida 4501 nafar, 2017 yil mayida 4494 nafar özbekistonlikka yutuq çiqqan. Ammo ğoliblarning barçasiga ham grin-karta nasib etavermaydi. 2017 yilda 3199 nafar, 2018 yilda 2058 nafar, 2019 yilda 823 nafar Özbekiston fuqarosi DV dasturi orqali AQŞda doimiy yaşaş huquqini qölga kiritgan.

2010-2019 yillarda (10 yil içida) 27 563 nafar özbekistonlikka grin-karta berilgan, bu yiliga örtaça 2755 kişi demakdir (bu yerda aynan DV lotereyasi orqali olingan grin-kartalar haqida gap ketmoqda; ma’lumot uçun, grin-karta olişning boşqa yöllari ham bor).

Lotereya ğolibi böliş grin-karta olasiz degani emas

AQŞda doimiy yaşaş guvohnomasining rangi yaşil bölgani uçun lotereya norasmiy ravişda "grin-karta" nomini olgan.

2021 yilda dasturga ariza bergan, 2022 yil 30 sentabrgaça natijalarni tekşirgan va tanlangan nomzodlar 2023 yilning 30 sentabriga qadar viza rasmiylaştirib ulgurişi kerak. Ammo şunday holatlar ham böladiki, yutuq çiqqanlarning yarmigaça qismi grin-kartani qölga kirita olmaydi.

Bunga sabablar – hujjatlardagi xatolar; viza oliş xarajatlari va AQŞga yetib borib u yerda dastlabki oylarda yaşaş uçun yetarli mablağning yöqligi; eng oxirgi bosqiçda esa suhbatdan öta olmaslik va hokazo.

Yana bir sabab – şunçaki keç qoliş. Hatto barçasini töğri qilgan taqdiringizda ham, suhbatga kiriş navbatingiz kelguniça sizning davlatingiz uçun ajratilgan kvota tölib qolişi mumkin. Çunki AQŞ Davlat departamenti turli sabablar bilan keyingi bosqiçdan öta olmaydigan nomzodlar ham bölişini inobatga olib, ajratilgan kvotadan ikki barobargaça köproq kişini ğolib deb e’lon qiladi.

Ğoliblar AQŞga özi bilan birga kimni olib ketişi mumkin?

Tanlangan nomzodlarning qonuniy eri yoki xotini, şuningdek 21 yoşga tölmagan va hali oila qurmagan bolalari ham ğolib bilan birga AQŞga yöl oliş uçun konsulxonaga ariza beriş huquqiga ega.

Ğoliblarning ota-onasi, aka-ukasi yoki opa-singlisida bunday huquq bölmaydi.

DV – qanaqa dastur özi?

Diversity Visa Program – Amerika jamiyatida millatlar xilma-xilligini ta’minlaşga qaratilgan viza dasturi. Dastur AQŞda 1990 yilda qabul qilingan qonun asosida yölga qöyilgan. Undan közlangan maqsad – AQŞga tarixan immigratsiya körsatkiçlari past bölgan millatlar vakillariga Amerikada yaşaş huquqini berişdir.

Ğoliblar keyingi jarayonlardan muvaffaqiyatli ötgan taqdirda, AQŞda doimiy yaşaş, qonuniy işlaş va 5 yildan söng AQŞ fuqaroligini oliş uçun ariza beriş imkoniyatiga ega böladi. Grin-karta egalari fuqarolik olgunga qadar saylovda ovoz beriş huquqidan taşqari, AQŞ fuqarolariga berilgan aksariyat huquqlardan foydalana oladi.

Dastur orqali har yili 55 ming kişiga AQŞda yaşaş huquqi taqdim etiş közda tutilgan. Dastur ğoliblari kompyuter yordamida tasodifiy tanlanadi.

2020 yilda dunyo böyiça 13 191 296 kişi lotereyada qatnaşgan (“dependent” – hamroh sifatida qayd etilganlar ham şular jumlasidan). Ulardan 119 021 nafari tanlab olingan – yuqorida aytilganidek, tanlab olinganlarning yarmigaça qismi turli sabablar bilan viza ololmaydi.