Xitoyning Çunsin şahridagi "Tszyanbey" xalqaro aeroportida samolyotda yonğin kelib çiqişi oqibatida 40dan ortiq yölovçi jarohatlandi.

Xabar qilinişiça, Tibet Airlines aviakompaniyasiga qaraşli Airbus A319 samolyoti Çunsin şahridan Linçji şahriga parvoz qilişi kerak bölgan. Uning bortida 113 nafar yölovçi va 9 nafar ekipaj a’zosi bölgan.

Samolyot parvozga tayyorgarlik vaqtida uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketgan va old qismida yonğin kelib çiqqan.

Samolyotda bölgan barça odamlar evakuatsiya qilingan, jabrlanganlar şifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda voqea sabablari örganilmoqda.