NATO davlatlari Ukraina özini himoya qilişi uçun qança kerak bölsa, şunça unga harbiy yordam körsatadi. Bu haqda Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok 15 may, yakşanba kuni Berlinda bölib ötgan Şimoliy Atlantika alyansi mamlakatlari taşqi işlar vazirlarining norasmiy uçraşuvi yakunlari böyiça ma’lum qildi, deb yozadi DW. 

Berbokning sözlariga köra, vazirlar Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşidagi özgarişlarni «mufassal va oçiq tahlil qilgan», şuningdek, Ukraina xalqiga yordam beriş uçun «yaqin haftalar va oylarda» nima qiliş mumkinligini muhokamadan ötkazgan.

«Biz bir ovozdan milliy sa’y-harakatlarimizni, birinçi navbatda, harbiy qöllab-quvvatlaş sohasida kamaytirişga haqqimiz yöq, degan qarorga keldik», dedi Germaniya taşqi işlar vaziri. «Biz hammamiz bilamizki, bu uruş tez tugamaydi», deb qöşimça qildi u.

Öz navbatida, NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi Moskvada xohlaganidek keçmayotganiga e’tibor qaratdi: «Ular Kiyevni qölga kirita olmadi, Xarkov atrofidagi hududlardan çekinmoqda, ularning Donbassdagi asosiy hujumi töxtab qoldi». 

Stoltenbergning sözlariga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin özining «strategik maqsadlariga» erişa olmadi: u Ukrainani mağlub eta olmadi, NATO «har doimgidan ham kuçliroq böldi», Yevropa va Şimoliy Amerika esa birlaşdi. 

«Ukraina bu uruşda ğalaba qozonişi mumkin. Ukrainaliklar öz vatanini mardonavor himoya qilmoqda», - deya qöşimça qildi alyans boş kotibi. U NATO davlatlari «Ukrainaga harbiy yordamni kuçaytirişda davom etişiga» va’da berdi. 

Germaniya taşqi işlar vaziri Rossiya bilan muloqot qiliş imkoniyati haqidagi savolga javob berar ekan, «har doim muloqot bölişi kerak», deb ta’kidladi. «Ammo barçamiz qiyin yöl bilan bilib oldikki, ötkazgan sönggi muloqot şakli, ya’ni YeXHT Rossiya tomonidan yöqqa çiqarildi», — dedi Berbok. 

U muzokaralar böyiça barça urinişlarni, xususan, «Normand formati» va Minskni, şuningdek, AQŞ, Fransiya, Turkiya prezidentlari va Germaniya kanslerining Rossiya bilan muloqot ötkazişga bölgan sa’y-harakatlarini eslatdi. Ammo Moskva ularni rad etdi, «şuning uçun biz Ukrainani nafaqat töliq qöllab-quvvatlaşimizni, balki Ukrainaga özini himoya qila olişi uçun harbiy yordam körsatişimizni tuşuntirişdan boşqa ilojimiz qolmadi», dedi Berbok. U Rossiyani Rossiya-NATO asosiy aktini amalga oşirişdan bir tomonlama boş tortganlikda aybladi.