Tayvan harbiylari Xitoy armiyasi orolga hujum qilişi ssenariysi böyiça qömondonlik-ştab maşğulotlari boşlandi. Bu haqda South China Morning Post (SCMP) naşri xabar berdi.
Tayvan mudofaa vazirligining ta’kidlaşiça, maşğulotlarda harbiy operatsiyalar birlaşgan qömondonligi, quruqlik, harbiy-havo va harbiy-dengiz kuçlari iştirok etadi.
Han Kuang deb nomlanuvçi qömondonlik-ştab maşğulotlari har yili ötkaziladi. Maşğulotlarning ikkinçi bosqiçi 25 iyulda boşlanadi. Unda jangovar öq otişlar bölib ötadi, Stinger va Javelin raketa majmualaridan foydalaniladi.
Ma’lumot berilişiça, qömondonlik-ştab maşğulotlari Xitoyning «Lyaonin» aviataşuvçi kemasi iştirokidagi zarba beruvçi guruh maşğulotlari fonida ötkazilmoqda.
Pekin Tayvanni Xitoyning ajralmas qismi deb hisoblab keladi.












