Xitoy bilan aloqador hakerlar bir neçta sun’iy intellekt (SI) agenti yordamida Tayvan hukumat saytlariga kiberhujum uyuştirdi. Bu haqda Financial Times naşri kiberxavfsizlik bilan şuğullanuvçi Isroilning Dream kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib yozmoqda.

Hujumni birinçi bölib aniqlagan tadqiqotçilarning jurnalistlarga aytişiça, tajovuzkorlar oçiq kodli sakkiztagaça sun’iy intellekt agentidan foydalangan. Ular buzib kiriş uçun vosita yaratgan muvofiqlaştirilgan kiberjamoa sifatida harakat qilgan.

Iyul oyi boşida SI agentlari zaifliklarni qidiriş maqsadida 21 ta hukumat tizimining xaritasini tuzgan. Ular uşbu tizimlar foydalanuvçilarining kamida 85 ta akkauntini buzib kirib, xodimlarga oid 2,5 mingdan ortiq yozuvni öğirlagan. Şundan söng hujumni Tayvan yadro xavfsizligi agentligi va kamida yettita energetika kompaniyasiga ham yoygan.

Dream kompaniyasi Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi davlatlardan biriga buzğunçilik haqida xabar berganini, biroq aynan qaysi davlat ekaniga aniqlik kiritmaganini ma’lum qildi. FT manbalari hujum aynan Tayvanga qaratilganini tasdiqlamoqda. Hakerlarning Xitoy bilan aloqadorligini hujumga oid içki yozişmalarda soddalaştirilgan xitoy tilidan foydalanilgani körsatib turibdi.

Xitoy hukumati vakillari gazetaning izoh beriş haqidagi sörovini javobsiz qoldirdi. Tayvan Raqamli texnologiyalar vazirligi esa ma’lumotlar maxfiyligini sabab qilib, uşbu buzğunçilik yuzasidan izoh berişdan boş tortdi.