Yevropa ittifoqi Ğazo sektori, Iordan daryosining Ğarbiy qirğoği va Şarqiy Quddusdagi falastinliklar uçun 25 mln yevro miqdorida gumanitar yordam ajratadi.
Yevrokomissiya öz bayonotida falastinliklarga nisbatan xalqaro gumanitar huquq me’yorlariga oğişmasdan rioya qilişga çaqirgan.
Şuningdek, Yevrokomissiya falastinliklarning öz uylaridan majburan köçirilişi hamda anklav hududidagi maktab va infratuzilma obektlarining buzilişini qoralagan.
YeK bayonotida aytilişiça, hozirda Falastinning beş million aholisidan 2,1 mln nafari gumanitar yordamga muhtoj.
Bundan taşqari, mintaqa aholisining 63 foiziga u yoki bu şaklda gumanitar yordam beriş zarur.












