Markaziy bank xorijiy valutalarning özbek sömiga nisbatan 29 aprelda amalda böladigan qiymatini belgiladi.
Unga köra, dollarning rasmiy kursi 20,26 sömga pastlab, 11 179,80 sömni taşkil qildi. Yevro 126,59 sömga pastlab, 11 761,15 söm böldi. Rubl 1,49 sömga kötarilib, 152,76 söm böldi.

Bundan avval uşbu valuta kursi ketma-ket tört kunlik pastlaşdan söng 11 200,06 sömni taşkil qilgandi.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirişi ortidan jahon bozorida yuzaga kelgan vaziyat Özbekistonga ham ta’sir qila boşlagaç, mart oyi örtalarida dollar kursi keskin kötarila boşlagan, 15 mart kuni tijorat banklarida ilk bor dollar kursi 11 200 sömdan oşgandi, keyingi kunlarda tezkor sur’atlardagi ösiş davom etib, bir dollar 11 500 sömdan ham oşib ketdi. 24 mart kuni kurs rekord - 11 509,59 sömgaça kötarilgandi.
Kurs aprel oyining ikkinçi yarmidan tuşa boşladi.








